Reja: Til belgilar sistemasi sifatida va semiotika
Download 37.04 Kb.
|
8-mavzu. Til belgilar sistemasi sifatida. Til sathlari va ularni-fayllar.org
semiologiya fani mavjud bo`lishini va lingvistika ham semiologiya tarkibiga kirishi lozimligini ta`kidladi.
Til nihoyatda murakkab va ko‘p tarmoqli hodisa bo‘lgani uchun u turli nuqtayi nazardan tavsiflanadi: 1. Vazifasi nuqtayi nazaridan til insonlarning o‘zaro fikr almashish, fikrni shakllantirish, ifodalash va vositasidir. 2. Tuzilishi, tashkil topishi nuqtayi nazaridan til muayyan birliklar, ularning jami, ularni mantiqiy jihatdan bir-biri bilan bog‘lash qoidalaridir. 3. Mavjudligi nuqtayi nazaridantil ijtimoiy hodisa, ijtimoiy mahsulotdir. 4. Informatsiya nazariyasi nuqtayi nazaridan tilni kod bilan tenglashtirish mumkin. Tildagi kodlashtirilgan belgilar muayyan axborot tashish, uzatish, yetkazish vazifasini bajaradi. Bunda kod – axborotni yozib olish usuli, matn – axborot, ma’lumot berish vositasi hisoblanadi, kanal – axborot uzatiluvchi muhit, sharoitni ifodalaydi. 5. Semiotika nuqtayi nazaridan til belgilar sistemasi, u moddiy boyliklar – tovushlardan tashkil topadi. Semiotika va lingvosemiotika Semiotika(yoki semiologiya) belgilar sistemasi haqidagi fan bo‘lib, belgilar, ularning tabiati, mohiyati, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni o‘rganadi. Semiotikaning tekshirish obyekti jamiyatda qo‘llanadigan belgilar tizimi bo‘lib, bunda 2 tipdagi belgilar farqlanadi: tabiiy va sun’iy belgilar.
Tabiiy belgilaraslida u yoki bu narsa, hodisaning tarkibiy bo‘lagi - alomatlari bo‘lib, ular inson ongida muayyan tasavvurlarni uyg‘otishga xizmat qiladi. Sun‘iy belgilar shartli belgilar bo‘lib, ular predmet va hodisalar haqidagi tasavvurlarning o‘rnini bosish uchun xizmat qiladi. Ushbu belgilarning asosiy vazifasi ma’lum bir xabarni to‘plash, saqlash, yetkazish, ya’ni insonlar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lishdir. Shu bois ularni kommunikativ-informativ belgilar deb atash mumkin va ularga turli timsollar, signallarni kiritish mumkin. Sun’iy belgilar grafik, tovushli va harakatli bo‘lishi mumkin. Jumladan, yo‘l harakati belgilarini grafik, signallarni tovushli, qushlar va hashoratlarning ma’lum yo‘nalishlarda uchishi, imo-ishora, mimikalar, harakatli belgilar sifatida muayyan ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ayrim turlarga moslashtirilgan Morze, Brayze alifbolarini ham misol sifatida keltirish mumkin. Til ham muayyan belgilar sistemasi hisoblanadi va ma’no, tushuncha, fikr kabilarning ramziy belgisi bo‘lib keladi va jamiyatda mavjud boshqa belgilar bilan umumiylikka, o‘xshashlikka ega. Shu bois tilshunoslik va semiotika fanlari ham o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatidan tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganadigan Download 37.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling