Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

 
 
114


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Leksikologiya so‘ziga izoh bering. 
2. Leksikologiya tilshunoslikning qanday bo‘limi hisoblanadi? 
3. Leksikologiya fanining o‘rganish manbayi va predmeti 
haqida gapiring. 
4. Leksik sathning asosiy birligi nima? 
5. So‘zlar lisoniy birlik sifatida qanday yo‘nalishlarda 
o‘rganiladi? 
6. So‘zga struktur jihatdan yondashuvda nimalarga e’tibor 
beriladi? Semantik va funksional jihatlardan yondashuvlarda-chi? 
7. Leksikologiyaning umumiy va xususiy turlarining o‘ziga xos 
xususiyatlari haqida gapiring. 
8. Leksikologiyaning turlarini sanab bering. 
9. Sistem yondashuvda leksik sath birligi nima? 
 
Test 
1.O‘qi leksemasining grammatik shakli A) buyruq mayli B) 
aniq nisbat C) birlik, ikkinchi shaxs D) grammatik shaklsiz 
2.Leksema va qo‘shimchani farqlovchi belgi: A) mustaqil 
shakl/nomustaqil shakl
B) paradigma tashkil etish/etmaslik 
C) barqarorlik/beqarorlik D) miqdoran cheksizlik/cheklanganlik 
3. Yoz (qalamda yozmoq), yoz (dasturxonni yozmoq), yoz (yoz 
fasli). Uchala o‘rinda qo‘llangan yoz leksemasining xususiyati 
to‘g‘ri izohlangan qatorni toping. A) bir xil shaklga ega bo‘lgan 
yagona leksema B) bir xil shaklga ega bo‘lgan uchta leksemaning 
ko‘rinishi C) bir shaklga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli leksema D) 
birgina leksemaning uch o‘rinda qo‘llanishi.  
4. Ushbu gapda nechta leksema mavjud? Men maktabda uch 
yildan beri o‘qiyman. A) 6 B) leksema mavjud emas С) 5
 
Glossariy 
leksik-semantik sath – denotativ ma’noli lisoniy birliklarni o‘z 
ichiga oluvchi sath 
leksikologiya – tilshunoslikning denotativ ma’noli lisoniy 
birliklarni o‘rganuvchi bo‘limi
115


morfema – o‘zbek tilida leksemalarni hosil qiluvchi va 
grammatik jihatdan shakllantiruvchi mustaqil holda ma’no 
anglatmaydigan, denotativ mohiyatsiz lisoniy birilk 
leksema 
tayyorlik, majburiylik, takrorlanuvchanlik
ijtimoiylik xususiyatlarini mujassamlashtirgan, shakl va denotativ 
ma’no birligidan iborat, mustaqil anglanish va qo‘llanish tabiatiga 
ega bo‘lgan lisoniy birlik 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling