Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mantiqiy mushohada uchun 
1.Borliqdagi bir holat (harorat) tilda nega ikki (issiq va sovuq) 
ga bo‘linadi?
2.Issiq va sovuq so‘zlarining ziddiyati obyektivmi yoki 
subyektiv? 
3.Qorong‘ulik va yorug‘liq so‘zlarining izohini lug‘atdan 
kuzatib, qiyoslang va talaba Eynshteyn fikriga munosabat bildiring. 
 
Semema va tushuncha munosabati. Lisoniy mohiyat sifatida 
sememaning mantiqiy kategoriya bo‘lgan tushunchaga munosabati 
masalasi murakkab. Bunda, birinchidan, semema birlamchimi yoki 
tushuncha, ikkinchidan, semema tushunchada qay tarzda aks etadi 
degan munozarada ko‘zga tashlanadi. Tilshunoslikda sememaga 
munosabatda ikki yo‘nalishni farqlash lozim bo‘ladi: 
a) ichdan yondashuv (ya’ni sememadan leksemaga); 
b) sirtdan yondashuv (ya’ni leksemadan sememaga). 
O‘zbek tilshunosligida semema va tushuncha munosabati 
turlicha talqin qilinadi. Masalan, ayrim mutaxassislar semema, 
ko‘pincha, ongimizdagi ma’lum bir tushuncha bilan bog‘liq 
bo‘ladi, deb hisoblaydi. Tushuncha ong, mantiq birligi, semema 
esa, tilga, leksemaga xos birlik. Кo‘p hollarda bir semema bir 
necha tushunchani o‘z ichiga oladi. Jumladan, o‘rik leksemasining 
sememasi quyidagi tushunchalarda namoyon bo‘ladi: 
11
Б.Г.Кузнецов. Эйнштейн: Жизнь. Смерть и бессмертие. – М.: Наука, 1980. 
138


a) ho‘l mevaning bir turi; 
b) shu mevaning quritilgani
d) shu mevani beradigan daraxt.
Shunga ko‘ra, tushuncha va semema o‘zaro hamma vaqt ham 
mos kelavermaydi. Bu hodisa, ayniqsa, ma’nodosh leksemalarda 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Кo‘rinadiki, lingvistik belgilardagi 
asimmetriya (nomutanosiblik) hodisasi semema va tushuncha 
munosabatida ham ko‘rinadi. Buni chizmada quyidagicha berish 
mumkin (18-jadval): 
18-jadval 
SEMEMA 
Tushuncha 
Tushuncha 
Tushuncha 
TUSHUNCHA 
Semema 
Semema 
Semema 
Bunda ayrim e’tirozli jihatlar mavjud. 
Birinchidan, semema ko‘pincha emas, balki har doim ham 
ongdagi tushuncha bilan bog‘langan. Semema tushunchaning 
ifodasidir. 
Olimlar 
tavsifda 
ko‘pincha 
so‘zini 
qo‘llashda 
sememaning har doim ham ma’lum bir tushuncha bilan 
bog‘lanavermasligini nazarda tutadi. Ularning bu fikri quyidagicha 
ifodalanadi: “Shuni ham aytish kerakki, yordamchi leksema 
sememalarida tushuncha bilan bog‘lanish yo‘q. Chunki yordamchi 
leksema, aytilganidek, qo‘shimcha va leksema ziddiyatida oraliq 
uchinchi vazifasini o‘taydi. Ular shaklan leksema, mazmuni 
(vazifasi), sememasiga ko‘ra esa qo‘shimcha” (H.Ne’matov, 
R.Rasulov. O‘zbek tilining sistem leksikologiyasi asoslari. 57-bet). 
Biroq yordamchi leksemalar morfema va mustaqil leksemalar 
ziddiyatida oraliq uchinchi vazifasini o‘tar ekan, ular nomustaqil 
leksemalar sifatida shaklan mustaqil leksemaga uyg‘un. Mazmun 
mundarijasi asosida grammatik morfema bilan bir qatorda turadi. 
Shu boisdan yordamchi leksemalar mazmun mundarijasini semema 
emas, balki grammatik ma’no deyish maqsadga muvofiq.  
Yordamchi leksema ma’nosi bilan qo‘shimchaga yaqinlashsa, 
nomemaga egaligi asosida leksema bilan uyg‘unlashadi. Bundan 
139


kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ma’lum bir hodisa, masalan, 
leksema ta’riflanar ekan, ta’rif ta’riflanayotgan hodisalarni to‘liq 
qamrab olmasligini e’tiborga olish lozim. 
Dialektikada ham hodisalarga berilgan har qanday ta’rif mutlaq 
bo‘lmasligi, unda, baribir, ayrim hodisalar “ta’rifga sig‘may 
qolishi” ta’kidlanadi.
Bir necha tushunchani o‘zida mujassamlashtirgan leksemaning 
mazmun mundarijasi murakkab tabiatliligi bilan xarakterlanadi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling