mavjud bo‘lib, u har bir ifodalagan tushunchasi asosida ham
boshqa-boshqa, ham umumiy qurshovga ega bo‘lishi mumkin.
Olmani kesdik sintaktik
qurshovida olma qaysi tushuncha,
denotatni anglatayotganligi muayyanlashmaydi. Biroq
olmani
ekdik, olmani yedik sintagmatik qurshovida
atalayotgan denotat
farqlanayotganligi sezilib turadi (birinchi qurshovda “daraxt”,
ikkinchisida “ho‘l meva”). Кo‘rinadiki, leksema birdan ortiq
tushunchani ifodalaganda har bir tushunchaga mos sintagmatik
qurshov mavjudligi ham anglashiladi.
Bular semema leksema
lisoniy mohiyatining alohida sinonimik va sintagmatik qurshovga
ega bo‘lgan turidir, degan xulosaga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: