Baxtiyor mengliyev
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Borliq tilda qanday aks etadi? Professor dars paytida talabalarga shunday savol berdi: “Barcha mavjudot Xudo tomonidan yaratilganmi?” Bir talaba dadil turib javob qildi: “Albatta, Xudo tomonidan yaratilgan.” “Xudo hamma narsani yaratganmi?” – deb so‘radi yana professor. “Xuddi shunday, janob”, – javob berdi talaba. Professor yana so‘radi: 136 “Agar Xudo hamma narsani yaratgan bo‘lsa, demak, Xudo yomonlikni ham yaratgan ekan-da? Agar Xudo bor bo‘lsa, va, “biz qanday bo‘lsak, qilmishlarimiz ham shunga yarasha bo‘ladi” degan tamoyiliga ko‘ra, Xudo yomon ekan-da?” Talaba bu gaplarni eshitib jim bo‘lib qoldi. Professor talabalarga, “Xudoga ishonish bir afsona ekanini yana bir bor isbotladim”, degandek g‘urur ila boqdi. Boshqa bir talaba qo‘l ko‘tarib, so‘radi: “Savol bersam maylimi, professor?” “Albatta”, – javob berdi professor. Talaba o‘rnidan turib, so‘radi: “Sovuqlik mavjudmi?” “Nima deganing bu? Albatta, mavjud. Nima, sen hech qachon sovqotmaganmisan?” Talabalar uning savoliga kulishdi. Yigit javob qildi: “Aslida, sovuqlik mavjud emas. Fizika qonunlariga binoan, biz sovuqlik deb ataydigan narsa, aslida issiqlikning yo‘qligidir. Mutlaq nol issiqlikning umuman yo‘qligi demakdir. Bunday haroratda butun modda inert bo‘lib qoladi. Xullas, sovuqlik mavjud emas. Biz bu so‘zni, issiqlik yo‘q holatni ta’riflash uchun o‘ylab topganmiz.” Talaba davom etdi: “Professor, qorong‘ilik mavjudmi?” “Albatta, mavjud.” “Siz yana nohaqsiz, janob. Qorong‘ilik ham mavjud emas. Qorong‘ilik aslida yorug‘likning yo‘qligidir. Yorug‘likni o‘rganishimiz mumkin, ammo qorong‘ilikni o‘rgana olmaymiz. Oq nurni turli ranglarga ajratib, har bir rang to‘lqinining har xil uzunliklarini o‘rganish uchun Nyuton prizmasidan foydalanishimiz mumkin. Biroq siz qorong‘ilikni o‘lchay olmaysiz. Oddiy yorug‘lik nuri qorong‘ilikni teshib kirib, uni yoritishi mumkin. Qorong‘ilik esa yorug‘likni to‘sa olmaydi. Biron-bir makondagi qorong‘ilikning miqdorini ayta olasizmi? Yo‘q, ayta olmaysiz. Chunki qorong‘ilikning o‘lchov birligi yo‘q. Yorug‘likning miqdorini esa o‘lchay olasiz. Shunday emasmi? Qorong‘ilik – yorug‘lik yo‘qligida nima sodir bo‘lishini ta’riflash uchun inson ishlatadigan tushuncha.” Nihoyat talaba professordan so‘radi: “Janob, yomonlik mavjudmi?” Bu safar, professor ishonchsizlik bilan javob berdi: “Menimcha, mavjud. Hali aytganimdek, biz uni har kuni ko‘ramiz: insonlar o‘rtasidagi shafqatsizlik, butun dunyo bo‘ylab sodir etilayotgan ko‘plab jinoyatlar. Bu misollar yomonlikning namoyon bo‘lishidan boshqa narsa emas-ku!” Bunga 137 talaba quyidagicha javob qildi: “Yomonlik ham mavjud emas, janob. U ham qorong‘ilikka va sovuqqa o‘xshaydi. Yomonlik – bu yaxshilik yo‘qligini ta’riflash uchun inson o‘ylab topgan so‘z. Yomonlik yorug‘lik va issiqlik kabi mavjud emas. Yomonlik insonning yuragida Xudoga bo‘lgan muhabbatning yo‘qligi natijasidir. Yomonlik xuddi sovuqlikka o‘xshaydi – issiqlik bo‘lmaganida keladi, yoki qorong‘ilikka o‘xshaydi – yorug‘lik bo‘lmaganida mavjud bo‘ladi.” Professor o‘tirdi. U mag‘lub bo‘lgandi. Bu yosh talaba Albert Eynshteyn edi 11 . Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling