Baxtiyor mengliyev


-§. Leksemada shakl va mazmun


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

14-§. Leksemada shakl va mazmun 
 
Tayanch tushunchalar 
lison, nutq, lisoniy birlik, nutqiy birlik, leksema, so‘z, shakl, 
mazmun 
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
nomema, sonema, semema 
Leksemada shakl va mazmun dialektikasining o‘ziga 
xosligi. Barcha narsalar shakl va mazmun yaxlitligidan iborat 
dialektik butunlik bo‘lganligi kabi leksema ham tashqi va ichki 
jihatdan tashkil topadi. Leksemaning tashqi qobig‘i nomema deb 
ataladi. Nomema grek tilidan morfema, sonema, leksema, semema 
so‘zlariga qiyosan yasalgan. Sonema morfemalarning tovush 
qobig‘ini anglatsa, nomema deganda leksemaning moddiy 
tomonini tashkil etgan nutq tovushlari nazarda tutiladi. Masalan, 
134


kitob leksemasining tashqi tomoni k + i + t + o + b tovushlari 
yig‘indisi. Albatta, bu tovushlarning shunchaki yig‘indisi, to‘plami 
emas, balki unli va undosh tovushlardan iborat fonetik butunlik, 
sistemadir.
Shu o‘rinda bir narsaga alohida e’tibor qilish lozim. Ma’lumki, 
lisoniy birlik moddiylikdan xoli deya talqin qilinadi. Shunga ko‘ra, 
leksema ham, boshqa lisoniy birliklar kabi moddiylikka ega 
bo‘lmasligi lozim. Chunki u to‘laqonli lisoniy birlik. Demak, 
moddiylik so‘zi bu o‘rinda bevosita sezgi a’zosiga ta’sir qiladigan 
deya jo‘nlashtirilmasligi lozim. Yoki shakl deganda moddiy 
ko‘rinishga egalikkina tushunilmaydi. Biror narsa haqida o‘ylar 
ekanmiz, ongimizda uning tashqi qiyofasini tasavvur qilgan holda 
boshqalaridan ajratamiz. Narsaning ongdagi qiyofasi ham shakl 
deyiladi. Nomema kishi biror leksema haqida o‘ylaganda, ichki 
nutqda yaqqol ma’lum bo‘ladi. Voqelangan tashqi nutqda bu shakl 
haqiqiy, real moddiy qiyofa kasb etadi. Demak, ongdagi 
leksemaning shakliy tomoni sezgi a’zolaridan tashqarida, unga 
ta’sir qilmaydigan holatda bo‘lsa, leksema nutqiy voqelanganda 
so‘zga aylanadi, moddiy bo‘lmagan shakl, ya’ni nomema 
moddiylik kasb etadi, sezgi a’zosi bilan his qilinadigan bo‘ladi. 
Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni semema deyiladi. 
Semema grekcha σημαίυω so‘zidan olingan bo‘lib, “ifodalayman” 
degan ma’noni bildiradi. U tilda fonema, morfema, leksema 
so‘zlariga o‘xshash shaklda qabul qilingan. Semema ongda aks 
etgan narsa, belgi, miqdor, harakat kabi tushunchaning leksemada 
mujassamlashgan ko‘rinishi. Boshqacha aytganda, semema – 
leksemaning ichki jihati. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling