Baxtiyor mengliyev
Ixtisoslashgan leksemalar
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
Ixtisoslashgan leksemalar. Bunday leksemalar ham aslida bir so‘z yasash qolipi va so‘z yasovchi vosita asosida nutqda yasalgan bo‘ladi. Ixtisoslashgan leksemalarning yasamaligi yaqqol ko‘rinib turadi, unda so‘z yasash qolipining shakliy saqlangan, biroq ma’no tomondan qolipdan uzilgan bo‘ladi. Boshqacha aytganda, yasama so‘zning ma’nosini qolipning mazmun tomoniga bog‘lash imkoni bo‘lmaydi. Masalan, ishchi (worker, rabochiy) leksemasi “zavod yoki fabrikada ishlovchi, o‘rta ma’lumotli mutaxassis” ma’nosiga ega. Leksema [ot + -chi] qolipidan chiqqanligi aniq ko‘rinib turibdi. Lekin leksemaning ma’nosi bu qolipning “otdan anglashilgan narsa ustida ishlovchi kishi” degan mazmuniy tomoniga teng emas, undan ancha tor. Buni shunday tushuntirish mumkin. Ishchi so‘zi nutqda hosil bo‘lgan paytda qolipning shakliy va mazmuniy tomoniga har jihatdan mos va uyg‘un bo‘lgan. Keyinchalik ma’nosi torayib, shakliy o‘xshashlik saqlangan bo‘lsa- 130 da, ma’noviy uzoqlashish sodir bo‘lgan. Natijada bugungi kunda o‘zbek tilida ikkita ishchi birligi farqlanadigan bo‘lgan: ishchi 1 – “umuman ish, jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi kishi”; ishchi 2 – “zavod va fabrikada dastgoh, apparatni boshqaruvchi mutaxassis”. Birinchi ifoda qolipning har ikki tomoniga shakl va ma’no jihatidan mos bo‘lganligi uchun nutqiy so‘z hisoblanadi. Ikkinchi ifoda esa qolipdan mazmunan uzilganligi uchun leksema hisoblanadi. Birinchi so‘z ikkinchi leksemaning nutqiy hosilasi emas. Ularni omonimlar sifatida qarash lozim. Qolip hosilasi sifatida u qolipning chap tomoni xususiyatini o‘zida mujassamlashtirgan. Chunki ishchi leksemasining shakliy tomoni, ya’ni nomemasida qolipning ot + -chi umumiyligi zarrasi, ko‘rinishi voqelangan. Leksema sememasi esa “shu otdan anglashilgan narsa bilan shug‘ullanuvchi shaxs” mohiyati ko‘rinishiga emas, balki uning toraygan, ma’lum bir ixtisosni anglatuvchi ko‘rinishi holatiga ega bo‘lib qolgan. ishchi leksemasiga qiyosan olinadigan, deylik, kitobchi so‘zida so‘z yasash qolipining shakliy tomonidan ham, ma’noviy tomonidan ham uzilish kuzatilmaydi. Yoki yozuvchi leksemasi va yozuvchi so‘zini qiyoslaylik. Har ikkala hosila ham fe’l + uvchi = shu Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling