Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Glossariy 
leksema – ma’lum bir til jamiyati a’zolari ongida tayyor
umumiy va majburiy, shakl va ma’no birligidan iborat, 
yaxlitlangan, borliqdagi harakat, narsa-predmet, belgi, miqdor 
kabilarni 
bildiruvchi 
tushunchalar 
va 
munosabatlarni 
ifodalaydigan, nutqda so‘zlarni va grammatik morfemalarni 
biriktiradigan lisoniy birlik.
so‘z – leksemaning hamda so‘z yasash qoliplarining nutqda 
reallashgan aniq shakl va ma’noga ega bo‘lgan muayyan ko‘rinishi 
 
Adabiyotlar 
1. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Fan, 
2007. 
2.Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: 
O‘qituvchi, 1993.
3.Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi 
asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. 
124


4.Nurmonov A. Lingvistik belgi nazariyasi. – Toshkent: Fan, 
2008. 
5.Safarov Sh. Semantika. – Toshkent: “O‘zbekiston Milliy 
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2013.
6.Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek 
adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.
7.Сhomsky N. Language and mind. – Cambridje: Cambridje 
Univ. Press. 2006.
8.Wilkinson P.R. Thesaurus of Traditional English Metaphors. 
-London, New York: Routledge, 1992. 
9.Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 
1997. 
13-§. Yasama so‘zlarning leksemalashuvi 
 
Tayanch tushunchalar 
lison, nutq, lisoniy birlik, nutqiy birlik, leksema, so‘z, qolip, 
hosila 
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
lisoniylashuv, ixtisoslashish, soddalashish, tublashish 
 
Nutqiy yasama so‘zlarning lisoniylashuvi. Lisoniy birliklar
qanday bo‘lishidan qat’i nazar, nutqiy birliklar asosida shakllanadi. 
Shuningdek, tilshunoslarning lisoniy birliklarni ajratishi, tavsiflashi 
ham nutqiy birliklarga asoslangan holda kechadi. Masalan, [a] unli 
fonemasining mohiyati sifatida qaraluvchi “lablangan”, “quyi 
keng” belgilari nutqdagi (a) tovushlarini kuzatish, ulardagi har bir 
qo‘llanishda takrorlanadigan bir xil belgilar ajratib olinib, nutqdagi 
boshqa hodisalar – tovushlar, qo‘shimchalar, so‘zlar ta’sirida hosil 
bo‘ladigan, lekin doimiy bo‘lmagan, sharoit bilangina bog‘liq 
xususiyatlar 
e’tiborga 
olinmaydi. 
Masalan, 
tovushning 
cho‘ziq/qisqaligi, 
qattiq/yumshoqligi, 
yo‘g‘on/ingichkaligi, 
baland/pastligi kabi qator belgilar nutq sharoiti bilan bog‘liq 
o‘tkinchi xususiyatlardir. Ana shunday beqaror va o‘zgaruvchan 
jihatlar lisoniy birliklardagi umumiyliklarni tiklashda soqit qilinadi. 
125


Shu tarzda lisoniy birlik tiklanadi. Barcha lisoniy birliklar 
mohiyatini ochish jarayoni shunday kechadi. 
Til taraqqiyoti davomida ming yillar davomida ham yangi 
fonema, morfema yoki qolip hosil bo‘lmaydi. Lekin tilning eng 
o‘zgaruvchan, borliq bilan eng zich bog‘langan leksika sathida 
yangi so‘zlar paydo bo‘lib, lisoniy sathdan peshma-pesh o‘rin olib 
boraveradi. Masalan, boshqa tildan o‘zlashayotgan so‘zlar 
qo‘llanish darajasi ma’lum me’yorga yetgach, lisoniylashadi. 
Mukammal lug‘atlar til lisoniy leksikasini o‘zida aks ettiruvchi 
xazinadir. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling