Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy mushohada uchun Ortiqcha to‘rtinchisini toping: 1) ishla, qishla, tashla, boshla; 2) qaroq, taroq, o‘roq, so‘roq.
H.Ne
’ matov, B.Mengliyev. Tilshunoslikning falsafiy masalalari. – Toshkent, 2018. 127 Har ikkala guruh so‘zlari ham yasama so‘z hisoblanadi. Biroq birinchi guruh so‘zlari qulay, odatlanilgan, keng iste’molli bo‘lsa, ikkinchi guruh unchalik qulay emasligi, kam iste’molliligi, favquloddaligi bilan ajralib turadi. Ko‘rinadiki, birinchi guruh ijtimoiylashganlik xossasiga ega va shu boisdan yuqorida aytilgan belgilar ularning barchasi uchun umumiy. Ikkinchi guruh birliklari esa nutqiy hodisa ekanligi, endigina so‘z yasash qolipidan chiqqanligi bois, odatlanilmaganlik, favquloddalik kasb etgan. Nutqiy yasama so‘zning ayrimi nutqdagina mavjud bo‘lsa, ba’zilari o‘zini chiqargan qolipdan uzoqlashib, bir butun holda lisoniy sathga “ko‘tarilib ketgan” bo‘ladi. So‘z yasash qolipi ham hosilasining lison va nutqqa munosabati jihatidan farqlanadi. Ularni unumsiz (tarixiy) va unumli (zamonaviy) so‘z yasash qolipi sifatida farqlash lozim. Mantiqiy mushohada uchun Ortiqcha to‘rtinchisini toping: 1) ishla, qishla, tashla, boshla; 2) qaroq, taroq, o‘roq, so‘roq. Nutqiy yasama so‘zning lisoniy sathga ko‘tarilishi bir necha bosqichda kechadi. Uni nutqdan lisonga siljishi, lisoniylashishi darajasiga ko‘ra quyidagicha tartiblash mumkin: 1) ixtisoslashgan leksema; 2) soddalashgan leksema; 3) tublashgan leksema. Mustaqil o‘zlashtirish uchun SILDIROP Sildirop atalmish bitta qishloqda Uch olim zo‘r suhbat qilishar edi. Har biri xalqlarning kechmishini va Juda ko‘p tillarin bilishar edi. Ma’no muallimi, so‘zshunos tengsiz, Ming yillik tavorix boshlarida jam. 128 Ularning oldida Koshg‘ariy ojiz, Hijolat chekadi Zamaxshariy ham. So‘zlarning tarixiy negizlarini Ochishda har biri ustasi farang. Bugun ham uchovi tortishmoqdalar, Sildirop so‘zining ustida, qarang. Turkiyning mo‘g‘ulcha ildizin kovlab, Ochg‘uvchi bittasi dalillab dedi: Eradan oldingi mo‘g‘uliy tilda Sildirop kalomi shel dir ap edi. Chingizxon bosqini davrida bizning Turkiyga bu so‘z ham kirib kelmishdir. Va forsiy zabonning ta’sirida xo‘p O‘zgarib, Sildirop shaklin olmishdir Ikkkinchi tilshunos iqtibos bilan Fikrlarin isbot qilmoqqa tushdi. Xullas, bu olimning taxmini bilan Sildirop pahlaviy davriga uchdi. Qadimgi Eronning bir lahjasidan Sildirop kalomi kirib kelganmish. Zeroki, forsiyning o‘tmishida ham Sang, gir, ob so‘zlari faol bo‘lganmish. Yana bir farazni aytdi boshqasi, Mahalliy zamindan qidirib ildiz. Ming yillik manbadan havola olib, So‘ldirab so‘zidan qolgan dedi iz. Xullas, uch tilshunos, uch zakiy olim, Sildirop so‘ziga doxil bo‘lishdi. Taxminlar otiga minib, sho‘rlikni Ko‘pkari qilishdi, uloq qilishdi. Shu onda hassali, munkillagan chol, O‘tib ketayotib, bir oyoq ildi. 129 Suhbati qizigan uchta olimga Hurmat yuzasidan tavoze qildi. Dedi: olimlarga hurmatim cheksiz, Ular payg‘ambarning merosxo‘rlari. Olimning har ikki dunyosi obod, O‘lsa, nurafshondir qabri-go‘rlari. Quloq og‘ir, ko‘zim nursiz bo‘lsa-da, So‘zlarga aylanar hali bu tilim. Biroq Sildiropni aytish ko‘p g‘alat, Bittagina menmas, aytolmas elim. Moskopda o‘lganda Sildirop degan Kallelinga o‘xshash bir echki soqol. Nomi shu qishloqqa qo‘yildi qoldi, Deya nolib qo‘ydi o‘tmishdan ham chol. Yuz yillik tarixdan dalillar bilan, So‘ylardi aybdor sezganday o‘zin. Hijolat ham bo‘lib qo‘yar qurg‘ur chol Aytolmasligidan Sverdlov so‘zin. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling