Baxtiyor mengliyev
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Lisoniy strukturaning mukammal talqini Sharq (jumladan, arab/islom) lingvistik an’anasi va ilk taraqqiyot bosqichlarida deskriptiv lingvistika (Amerika strukturalizmi)dan mantiqiy va lingvistik hodisalarni farqlashda izchillik ancha kuchli edi – mantiq – hodisaning mazmun tomoniga, grammatika esa – asosan, shakl tomoniga tayanib ish ko‘rardi. Masalan, o‘rta asr arab va qadimgi hind lingvistik an’anasiga tayanib tuzilgan tavsiflar, odatda, hajman kichik va ixcham bo‘lib, asosan, shakllar paradigma (arablarda ixcham jadvallardan, hindlarda “sutr” – nazmga solingan qoida) laridan iborat edi. Bunday jadvallarda butun til nozikliklarini, qoida va mustasnolarni berishda qadimgi hindlar ham, o‘rta asr islom tilshunoslari ham shu darajada mahorat kasb etishgan edilarki, eramizdan oldingi davrlarda Panini tomonidan tuzilgan va hozirgi o‘lchovlarda varaq sathi 1/8 (0.25 foliant), soni 100 sahifa atrofida bo‘lgan “Sanskrit grammatikasi” Frans Bopp e’tirofiga ko‘ra, “u (Bopp)ning grammatikasidan mukammalroq va tugalroq bo‘lgan.” Vaholanki, F.Boppning “Sanskrit tili grammatikasi” foliantlardan iborat har biri kamida 200 betli besh jilddan iborat edi. Shuning uchun XIX asrda O‘rxun yozuvi sirini (deshifrovka qilib) ochgan, turk runik alifbosining birinchi ko‘rinishi kaliti va sharhini tayyorlagan daniyalik tilshunos Vilhelm Tomsen (1842-1927) “Tilshunoslik tarixi” kitobida Panini grammatikasi haqida shunday yozadi: “Hozirgi lotin harflari bilan berilganda 75-100 betlik risola 126 hajmida bo‘ladigan Paninining asari shu kungacha jonli va o‘lik tillar tafsifi bo‘yicha yaratilgan grammatikalar ichida eng mufassali va to‘lig‘idir.” Albatta, daniyalik buyuk tilshunosning bahosi mubolag‘ali, lekin, bejiz va asossiz ham emas. Arab lingvistik tavsiflari mukammalligining yorqin belgisi shuki, XX asrda Yevropada yaratilgan arab tili grammatikalari (jumladan, Karl Brokkelmann va N.V.Yushmanov asarlari) da o‘rta asrlarda tuzilgan shunday jadvallardan keng foydlaniladi. Arab va hind tilshunosliklarining yutuqlari va hozirgi grammatik talqinlarning munozaraliligi, xususan, bunda – arab va hindlarda tasnif va tahlil asosining bittaligi (faqat shaklga tayanishi) va hozirgi grammatik talqinlarda uning ikkitaligi (shakl va mazmunga tayanishi)da bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun zamonaviy tilshunoslikda goh mazmun (vazifa), goh shakl omilini birinchi o‘ringa qo‘yuvchi yo‘nalish va oqimlar shakllanib va rivojlanib turadi 10 . Til leksikasining boyishida so‘z o‘zlashtirish, yangi so‘z yasash alohida rol o‘ynaydi. Biz nutqda ayrim so‘z yasash qoliplari asosida ko‘plab so‘zlar yasaymiz. Masalan, gulchi, gulli, gulla kabi so‘zlardagi yasovchi –chi, -li, -la qo‘shimchalar eng unumli, eng sermahsul so‘z yasovchi qo‘shimchalardandir. Ammo ular hosil qilgan so‘zlarning hammasi ham lug‘atlardan o‘rin olmagan. Masalan, qalamli, qog‘ozchi kabi so‘zlar lisoniylashmagan, ya’ni lisoniy sathdan o‘rin olmagan. Chunki nutqiy hodisalarning lisoniy sathdan o‘rin olishi ma’lum bir qonuniyatlarga bo‘ysunadi, bu hodisalar lisoniy sath qo‘yadigan talablarga javob bergandagina bu xazinadan joy olish huquqiga ega bo‘ladi. Demak, yasama so‘zlar lisoniy ham, sof nutqiy ham bo‘lishi mumkin. Paxtakor, ishchi, kitobchi, aqlli, daftarchi, sharsimon, uysimon so‘zlarini olaylik. Bu so‘zlarni ikki guruhga ajratamiz: 1) paxtakor, ishchi, aqlli, sharsimon; 2) kitobchi, daftarchi, uysimon. 10 Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling