Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Ma’naviyat leksemasi etimologiyasiga doir 
Olimlar ma’naviyat so‘zi (o‘zagi ma’na) sanskrit tilidagi 
“ma’nas” atamasi asosida vujudga kelganligini faraz qilishmoqda.
Talqinlarga ko‘ra, hindlarning ilk falsafiy fikrlari yozilgan 
vedalar yunon va arab falsafasidan ancha avval shakllangan. 
Ularning 
ba’zi 
tushunchalari 
Sharq 
xalqlari 
tomonidan 
o‘zlashtirilgan. Yaqin Sharqdagi ayrim qadimiy falsafiy 
tushunchalar esa hindlar tomonidan qabul qilingan. Bu hozirgi 
Hindiston, Markaziy Osiyo va Eron xalqlarining mushtarak 
madaniyatida ham ko‘zga tashlanadi. 
Javoharla’l Neru “Jahon tarixiga nazar” kitobida yozishicha, 
ayrim sohalar – tibbiyot va riyoziyot kabilarda arablar ko‘p narsani 
Hindistondan o‘rgandilar. Bog‘dodga bu zamindan ko‘plab 
riyoziyotchi olimlar kelishardi. Arab talabalari esa Shimoliy 
Hindistondagi tibbiyotga ixtisoslashgan, o‘zining buyukligini 
saqlab qolgan Takshashila dorilfununiga borar edilar. Tibbiyot va 
boshqa sohalar bo‘yicha kitoblar sanskritdan arab tiliga tarjima 
qilinar edi. 
Ma’nas sanskrit tilida “aql” degan ma’noni bildirgan. Qadimgi 
hind falsafasining asosiy tushunchalaridan biri sifatida u ong 
ko‘rinishlari – aql, fahm-farosat, hissiyot, tuyg‘u, sezgi, iroda 
kabilarning manbayi. Ma’nas tanaga xos – u bilan paydo bo‘ladi va 
birga o‘ladi. Vedalarda uning qalbda joylashganligi aytilgan. 
Jaloliddin Rumiy ijodida ham ma’nas so‘zi yuqoridagilarga mos 
ma’no-mohiyatga ega. “Farhangi zaboni tojik”da ma’nas “mahalli 
121


unsu ulfat”, ya’ni “do‘st va ulfatlar makoni” deb izohlanganligi 
ham mazkur fikrlarning isboti bo‘la oladi
9

Leksemaning 
ongda 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling