Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

 
Adabiyotlar 
1. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Fan, 
2007. 
2.Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: 
O‘qituvchi, 1993.
3.Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi 
asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. 
4.Nurmonov A. Lingvistik belgi nazariyasi. – Toshkent: Fan, 
2008. 
5.Safarov Sh. Semantika. – Toshkent: “O‘zbekiston Milliy 
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2013.
6.Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek 
adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.
7.Сhomsky N. Language and mind. – Cambridje: Cambridje 
Univ. Press. 2006.
8.Wilkinson P.R. Thesaurus of Traditional English Metaphors. 
-London, New York: Routledge, 1992. 
9.Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 
1997. 
 
12-§. Leksema va so‘z 
Tayanch tushunchalar 
leksik-semantik sath, leksikologiya, morfema, leksema 
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
leksema, so‘z 
 
Leksema talqiniga doir. Leksema (gr. Lexis – so‘z, ifoda) 
terminini qo‘llash 1918-yilda rus tilshunosi A.M.Peshkovskiy 
116


tomonidan taklif etilgan. Ilk marta N.N.Durnovoning “Grammatik 
lug‘at”iga kiritilgan. Leksema termini so‘zlarni grammatik 
xususiyatlardan xoli idrok etish uchun tanlangan. Shu boisdan 
kitob, kitobni, kitobga birliklari grammatik shakllangan uchta so‘z, 
lekin ular zamirida bitta leksema yotadi. Tilshunoslikda bu talqinga 
V.V.Vinogradov, A.I.Smirnitskiy, A.A.Zaliznyak katta hissa 
qo‘shishgan. Amerika tilshunosligida bu termin 1938-yilda B.Uorf, 
1963-yilda J.Layonz tomonidan qo‘llangan. Ular tomonidan 
leksema terminini qo‘llashda so‘zlarning lison va nutqdagi o‘rniga 
e’tibor qaratilmaydi. Masalan, U.Vaynrayx (1966) lug‘atda qamrab 
olinuvchi har qanday ifodani, hatto idiomalarni ham leksema 
sifatida qaraydi. Fransuz tilshunosligida leksemani mustaqil ma’no 
ifodalovchilar sifatida olib, morfemaga qarama-qarshi mohiyatli 
birlik sifatida tushunish ham mavjud (A.Martine, 1963). O‘zbek 
tilshunosligida lison va nutqning izchil farqlanishi natijasida 
leksemaga mustaqil leksik ma’no, qisman faqat grammatik ma’no 
(masalan, yordamchi so‘zlar) anglatishi mumkin bo‘lgan til 
hodisasi sifatida qarash ommalashgan.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling