Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
114 Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Leksikologiya so‘ziga izoh bering. 2. Leksikologiya tilshunoslikning qanday bo‘limi hisoblanadi? 3. Leksikologiya fanining o‘rganish manbayi va predmeti haqida gapiring. 4. Leksik sathning asosiy birligi nima? 5. So‘zlar lisoniy birlik sifatida qanday yo‘nalishlarda o‘rganiladi? 6. So‘zga struktur jihatdan yondashuvda nimalarga e’tibor beriladi? Semantik va funksional jihatlardan yondashuvlarda-chi? 7. Leksikologiyaning umumiy va xususiy turlarining o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapiring. 8. Leksikologiyaning turlarini sanab bering. 9. Sistem yondashuvda leksik sath birligi nima? Test 1.O‘qi leksemasining grammatik shakli A) buyruq mayli B) aniq nisbat C) birlik, ikkinchi shaxs D) grammatik shaklsiz 2.Leksema va qo‘shimchani farqlovchi belgi: A) mustaqil shakl/nomustaqil shakl B) paradigma tashkil etish/etmaslik C) barqarorlik/beqarorlik D) miqdoran cheksizlik/cheklanganlik 3. Yoz (qalamda yozmoq), yoz (dasturxonni yozmoq), yoz (yoz fasli). Uchala o‘rinda qo‘llangan yoz leksemasining xususiyati to‘g‘ri izohlangan qatorni toping. A) bir xil shaklga ega bo‘lgan yagona leksema B) bir xil shaklga ega bo‘lgan uchta leksemaning ko‘rinishi C) bir shaklga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli leksema D) birgina leksemaning uch o‘rinda qo‘llanishi. 4. Ushbu gapda nechta leksema mavjud? Men maktabda uch yildan beri o‘qiyman. A) 6 B) leksema mavjud emas С) 5 Glossariy leksik-semantik sath – denotativ ma’noli lisoniy birliklarni o‘z ichiga oluvchi sath leksikologiya – tilshunoslikning denotativ ma’noli lisoniy birliklarni o‘rganuvchi bo‘limi 115 morfema – o‘zbek tilida leksemalarni hosil qiluvchi va grammatik jihatdan shakllantiruvchi mustaqil holda ma’no anglatmaydigan, denotativ mohiyatsiz lisoniy birilk leksema – tayyorlik, majburiylik, takrorlanuvchanlik, ijtimoiylik xususiyatlarini mujassamlashtirgan, shakl va denotativ ma’no birligidan iborat, mustaqil anglanish va qo‘llanish tabiatiga ega bo‘lgan lisoniy birlik Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling