Baxtiyor mengliyev


Leksik-semantik sath va uning birligi haqida


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Leksik-semantik sath va uning birligi haqida. Lisonning 
shakl va denonativ ma’no yaxlitligidan iborat birligini qamrab 
oluvchi sathi turlicha nomlanadi: leksik sath, leksik-semantik sath, 
leksik-frazeologik sath va h. 
Leksik sath birligi tilshunoslikda leksema deyiladi. Leksema – 
tilshunoslikning eng muhim va markaziy tushunchalaridan biri. 
Biroq uning mazmun va chegarasi hozirgacha aniq belgilangan 
emas. Masalan, o‘zbek tilshunosligida leksema va so‘z atamasining 
hozirgacha yonma-yon qo‘llanayotganligi, leksemani morfemaning 
bir ko‘rinishi sifatida qarash kabilar shular jumlasidan. Ulardan 
biri, ya’ni leksemaning lisoniy birlik bo‘la olish-olmasligi 
masalasini 
olaylik. 
Ko‘p 
tilshunoslar 
lisoniy 
birliklarni 
sanashganda, fonema, morfema va qolip bilan cheklanib, leksemani 
tilning alohida qurilish birligi sifatida tan olishmaydi va uni 
morfemaning bir ko‘rinishi sifatida qarashadi. “Leksema 
morfemaning jamiyat a’zolari uchun tayyor, umumiy, majburiy 
109


bo‘lgan, shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan, 
voqelikdagi 
narsa, 
belgi, 
xususiyat 
va 
munosabatni 
shakllantiruvchi, nutqda grammatik morfemalarni o‘ziga biriktira 
oladigan bir turi” degan ta’rif ham bor (H.Ne’matov, R.Rasulov. 
O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 
1990.)
Leksemani morfema orqali ta’riflash va uni morfemaning bir 
turi sifatida qarash, mantiqan, lisoniy qurilishda uning alohida, 
mustaqil o‘rni yo‘q deyishning o‘zi. Lekin har bir tilning izohli va 
tarjima lug‘atlari mavjudligining o‘zi leksik sathning mustaqilligi 
va alohidaligini ko‘rsatib turadi. Ammo yuqoridagi fikrlar ham 
asossiz emas. 
Tilshunoslar Arastu davridan hozirgacha leksema, so‘z ustida 
bosh qotirib kelishmoqda va bugungi kunda unga yuzlab ta’riflar 
berilgan. Hatto ayrim olimlar tomonidan o‘zbek tilshunosligi jahon 
tilshunosligida hal etilgan kesim tushunchasini qaytadan ishlab 
chiqish zarurati yo‘qligi, faqat uning o‘zbek tilida qanday 
voqelanishini ochish lozimligi haqidagi fikrlar ilgari surilganligi 
kabi leksemaga ham shunday qarashlar kuzatiladi. Biroq bugungi 
kunda “o‘zbekcha kesim” tushunchasi “oqlandi” va o‘z ilmiy 
talqinini topdi. Demak, bundan metodologik omil sifatida 
foydalanib, uni umumiy va xususiy leksema nazariyasiga ham 
tatbiq qilish lozim. Bu bevosita o‘zbekcha leksema tushunchasini 
yaratish, bunda o‘zbek tilining ichki tabiatidan kelib chiqish 
zarurati mavjudligi bilan bog‘liq. 
Agglyutinativ tillar, jumladan, o‘zbek tilidagi va flektiv tillar, 
xususan, rus va arab tillaridagi o‘zaklar keskin farqlanadi. Rus va 
arab tillaridagi o‘zaklarni lug‘atda qo‘shimchadan xoli berib 
bo‘lmaydi, shu jihati bilan ular morfemaga o‘xshaydi. O‘zbek tilida 
esa bunday emas. Dalil uchun ruscha [ч], [пись], arabcha [qr’], 
[ktb] va o‘zbekcha [o‘qi], [yoz] o‘zaklarini qo‘llanish va ma’no 
anglatish xususiyatiga ko‘ra qiyoslash yetarli. Mustaqil va alohida 
ajratilgan holatda [ч] ning o‘zak ekanligini mutlaqo anglab 
bo‘lmaydi (читать, учеба, учение), biroq mulohaza yuritish 
natijasidagina [пис] ning пишу, письмо so‘zlari bilan aloqadorligi 
seziladi. Arabcha [ktb], [qr’] o‘zaklari haqida esa bir qarashda 
110


ularning o‘qish va u bilan aloqador til unsurlari ekanligi, biroq 
lug‘atda mustaqil qo‘llana olmasligi xususiyatlarini aytish mumkin. 
O‘zbekcha [o‘qi] va [yoz] o‘zaklarini sharhlashda bu til egasi 
qiyinchilik sezmaydi.
Ko‘rinadiki, o‘zbek tilida lisoniy sath birligi sifatida eng kichik 
ma’noli birlikning ikki alohida turini – leksema va morfemani 
qat’iy chegaralash uchun yetarli asos mavjud. O‘zbek tilida 
leksema va morfema boshqa-boshqa hodisa. Rus va arab tillarida 
leksema – morfemaning bir turi. Demak, turkiy tillarda leksemani 
morfemaning bir turi sifatida emas, balki lisoniy sathning 
morfemadan yuqoriroqda turgan va til egasi ongida borliqdagi 
ma’lum bir voqelik bilan bevosita aloqada bo‘lgan lisoniy birlik 
sifatida qarash lozim.
Ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek tilida lisoniy birliklar fonema
morfema, leksema, qolipdir. Flektiv tillarda esa lisoniy birliklar – 
fonema, morfema, leksema va qolipdir.
Shunday qilib, “o‘zbekcha leksema” o‘zida tayyorlik, 
majburiylik, 
takrorlanuvchanlik, 
ijtimoiylik 
xususiyatlarini 
mujassamlashtirgan, shakl va denotativ ma’no birligidan iborat, 
mustaqil anglanish va qo‘llanish tabiatiga ega bo‘lgan lisoniy 
birlikdir.
Albatta, ayrim til hodisalari leksema va morfema oralig‘ida 
turganligi uchun bu ta’rifga sig‘masligi mumkin. Bunday oraliq 
hodisalar tilda ko‘p uchraydi. Bu til sistemasining uzluksizligi va 
uzviyligini ta’minlaydi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling