Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

p
 
b
 

v
 

d
 


ch
 

sh
 

k
 
g
 
g‘
 
q
 
x
 
h
 
m
 
n
 
ng
 
y
 


sho
vqi
nl
i 
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
 
 
sonor
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
+
+
+
+
+
jar
angl

 
+
 
 
+
 
+
 
+
 
+
 
+
 
+
+
+
 
 
 
+
+
+
+
+
+
jar
angs
iz
+
 
+
 
 
+
 
 
+
 
 
+
 
 
+
 
 
+
 
 
 
+
 
+
 
+
 
p
or
tl
ovchi
+
 
+
 
 
 
+
 
+
 
 
 
+
 
 
 
+
 
+
 
+
 
 
+
 
 
 
si
rg‘
al
uvchi
 
 
+
 
+
 
 
 
+
 
+
 
 
 
+
 
+
 
 
 
 
 
 
+
 
+
+
+
A
ff
ri
kat
 
 
 
 
 
 
 
 
+
 
 
 
+
 
 
 
 
 
 
 
100


T
it
roq
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
+
B
ur
un
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
+
+
+
Y
on
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
+
L
abi
al
+
 
+
 
+
 
+
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
ti
l ol
di
 
 
 
 
+
 
+
 
+
 
+
 
+
 
+
 
+
 
 
 
 
 
 
 
 
+
+
+
til 
o‘
rt
a
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
+
ti
l or
qa
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
+
 
+
 
 
 
 
 
 
+
chuqur
t
il
or
qa
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
+
 
+
 
+
 
 
 
b
o‘
g‘
iz
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
+
 
101


Mantiqiy mushohada uchun 
Undoshlar bo‘yicha asosiy birlashtiruvchi belgisini topib, 
qatorni davom ettiring: 
1) 
 tana, yanoq, karomat, qalamdon, ... 
2) havas, qish, kuldon, ... 
 
Undoshlarning nutqiy voqelanishida lisoniy ziddiyatlarning 
so‘nishi. Fonemalar nutqda voqelanar ekan, yuqorida aytilganidek, 
tovushlar tarkibida egallagan o‘rni (pozitsiyasi), boshqa nutq 
tovushlari bilan munosabatiga ko‘ra, o‘zining lisoniy sifatlarini 
saqlab qolishi ham, sharoit taqozosiga ko‘ra ma’lum darajada yoki 
butunlay o‘zgartirib yuborishi ham mumkin. Bunday o‘zgarishlar 
darajalanadi. Shu boisdan fonemaning nutqda o‘zgarishlarini 
ikkiga bo‘lish mumkin: 
1) miqdor o‘zgarishlari; 
2) sifat o‘zgarishlari. 
Buni 
dialektikadagi 
sifat 
o‘zgarishlarining 
miqdor 
o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni asosida tushuntirish va tushunish 
mumkin. 
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi 
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi – 
dialektikaning uchta qonunidan biri. Bu qonunni faylasuf Hegel 
ta’riflab bergan. Unga ko‘ra, rivojlanish murakkab jarayon, 
taraqqiyotda avval miqdor, keyin sifat o‘zgarishi sodir bo‘ladi. 
Predmet yoki hodisaning rivojlanishi avval asta-sekin ro‘y 
beradigan miqdor o‘zgarishidan boshlanadi. Miqdor o‘zgarishi 
me’yor chizig‘iga yetgach, sifat o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Masalan, 
bola ulg‘ayayotganda jismoniy jihatdan ma’lum me’yorga yetgach, 
yigit tusini oladi – unda yangi sifat paydo bo‘ladi. Yoki tungi 
qorong‘ulik kamayib, bu kamayish ma’lum me’yorga yetgach, 
kunduz boshlanadi.
Miqdorning ma’lum bir darajasi yangi sifatni keltirib chiqaradi. 
Miqdor o‘zgarishining sifat yangilanishini keltirib chiqarishi 
me’yor bilan belgilanadi. Masalan, 22-dekabrda tun va kun tengligi 
102


mavjud. Bunda me’yor 12 soat. Tun bu me’yordan o‘tishi bilan 
yangi sifat – qish mavsumi boshlanadi. 22-martda esa buning aksi 
yuz beradi.
Miqdor o‘zgarishi nisbatan sokin, uzluksiz davom etsa, sifat 
o‘zgarishi uzilishli, sakrashsimon bo‘ladi. Rivojlanish jarayonida 
eski sifatning yangi sifatga aylanishi uzluksizlikning uzilishi yoki 
sakrash deb ataladi.
Sakrash — rivojlanish jarayonida qonuniy sodir bo‘ladigan 
burilish nuqtasi, taraqqiyot zanjiridagi zaruriy halqa.
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni 
dialektikaning boshqa qonunlari singari ilmiy bilish va amaliy 
faoliyat uchun katta ahamiyatga ega. U bizga tilning ham 
rivojlanish jarayonini to‘g‘ri tushunib olish, lison va nutq 
hodisalarini to‘g‘ri baholashga yordam beradi. 
Fonemalarning nutqda o‘z lisoniy xususiyatlarini o‘zgartirishi 
me’yor chizig‘iga yetmasa, bu nutq tovushi shu fonemaning 
AHVOsi, tajallisi bo‘lib qolaveradi. Masalan, qo‘lim so‘zida [o‘
tovushining ta’sirida [i] fonemasi o‘z xususiyatini biroz 
o‘zgartiradi. Ya’ni unda lablanmaganlik lablanishga tomon o‘sadi, 
lekin bu o‘zgarish me’yordan o‘tmaydi. Natijada sifat o‘zgarishi 
yuz bermaydi – [i] tovushi [i] fonemasi doirasidan chiqib ketmaydi. 
Biroq iqtisod so‘zida [q] fonemasi talaffuzda [t] tovushining 
ta’sirida [x] tovushi xususiyatlariga ega bo‘lib qoladi, chunki [q] 
fonemasi voqelanishidagi o‘zgarish me’yor chizig‘idan o‘tib 
ketadi. Natijada yangi sifat – yangi tovush vujudga keladi. Garchi 
imloda ushbu o‘rinda q yozilsa ham, talaffuzda x tovushini 
aytamiz.
Eslatma 
Biz tovushlarga baho berishda, nutq tovushlarini tahlil qilishda 
ko‘pincha harflarni nazarda tutayotganligimizni bilmay qolamiz. 
Masalan, pedagogga so‘zi tahlilida uning yozilishini e’tiborga olib, 
ikkita [g] tovushi borligini qayd qilamiz. Ammo talaffuzda ikkita 
[k] tovushlari borligini nazardan qochirmaslik kerak.
Fonetik tahlilda harflar emas, balki tovushlar e’tiborga olinishi 
lozim. 
103


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
1.Undosh fonema nima? 
2.Lab undoshi qaysilar? 
3.Til undoshi qaysilar? 
4. Qaysi undosh bo‘g‘iz undoshi? 
5.O‘zbek tilida jarangli undoshlar nechta? 
6.O‘zbek tilida jarangsiz undoshlar nechta? 
7.Portlovchi undosh qanday hosil bo‘ladi?
8.Sirg‘aluvchi undosh qanday hosil bo‘ladi? 
9.Portlovchi-sirg‘aluvchi undosh qanday hosil bo‘ladi? 
10.Korrelyativ belgi nima?
11.Korrelyativ bo‘lmagan belgi nima? 
 
Test 
1.Unli va undoshlar o‘zaro qaysi belgi asosida birlashadi? A) 
ovozga egalik belgisi bilan B) biryoqlama birlik ekanligi bilan C) 
shovqinlilik D) ikki paradigmaga kirishi bilan. 
2.[X] undoshiga to‘g‘ri tavsif berilgan javobni toping. A) 
chuqur til opqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh fonema B) bo‘g‘iz, 
sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh fonema C) chuqur til orqa, 
sirg‘aluvchi, jarangli undosh fonema D) chuqur til orqa, portlovchi, 
jarangsiz undosh fonema. 
3.Undoshlarning oppozitiv belgisi: A) artikulyatsiya o‘rni B) 
ovoz va shovqin darajasi C) yumshoq-qattiqlik D) artikulyatsiya 
o‘rni, ovoz va shovqin darajasi.
4.Undoshlarning barqaror belgisi: A) artikulyatsiya o‘rni B) 
ovoz va shovqin darajasi C) yumshoq-qattiqlik D) artikulyatsiya 
o‘rni, ovoz va shovqin darajasi. 
5. Undoshlarning beqaror belgisi: A) artikulyatsiya o‘rni B) 
ovoz va shovqin darajasi C) yumshoq-qattiqlik D) artikulyatsiya 
o‘rni, ovoz va shovqin darajasi. 
104



Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling