Tayyorladi: 63-20 gurux talabasi Komilov Zafarbek Mavzu: Gidrostatika
Download 16.37 Kb.
|
Tayyorladi 63-20 gurux talabasi Komilov Zafarbek Mavzu Gidrost-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Gidrostatik bosim va uning xossalari.
Tayyorladi: 63-20 gurux talabasi Komilov Zafarbek Mavzu: Gidrostatika Tayyorladi: 63-20 gurux talabasi Komilov ZafarbekMavzu: Gidrostatika.Gidrostatika bosim.
1. Gidrostatik bosim va uning xossalari.Gidrostatikada nisbatan tinch holatdagi suyuqliklar o‘rganiladi. Suyuqlikning nisbatan tinch (sokin) holati deb uning zarrachalari bir biriga nisbatan qo‘zg‘almagan holatiga aytiladi. Gidrostatika – bu suyuqlik va gazlar mexanikasi fanining suyuqlikning muvozanati va tinch (sokin) holatidagi suyuqlikning unga botirilgan jismga ta’siri qonuniyatlarini o‘rganuvchi bo‘limi. Suyuqlik va gazlarning ba’zi gidrostatik xossalari: gazlar o‘zini saqlayotgan idish shaklida bo‘ladi; yetarlicha kichik ta’sir kuchi yordamida suyuqlikning hajmini o‘zgartirmasdan uning shaklini o‘zgartirish mumkin; og‘irlik kuchi maydonidagi suyuqlik uni saqlayotgan idish saklida bo‘ladi; tinch holatdagi suyuqlikning sathi (gazlardan farqli), uni saqlayotgan idishning shaklidan qat’iy nazar, og‘irlik kuchi ta’siri yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi. Gidrostatikaning asosiy qonunlari: Paskal qonuni; energiyaning saqlanish qonuni (gidrostatikaning asosiy tenglamasi); tutash idishlar qonuni; Arximed qonuni; jismning suzish sharti va hokazo. Gidrostatikaning asosiy tenglamalari: Eyler tenglamasi (suyuqlikning muvozanat tenglamasi); teng uzviylik tenglamasi bosimli sirt tenglamasi; gidrostatik bosim taqsimoti tenglamasi (Paskal qonuni); va hokazo. Gidrostatikaning asosida ikkita teorema yotadi: • • qaralayotgan suyuqlik zarrachasiga qo‘yilgan barcha kuchlarning yig‘indisi nolga teng; qaralayotgan suyuqlik zarrachasiga qo‘yilgan barcha kuchlarning biror o‘qqa nisbatan momentlari yig‘indisi nolga teng. 1. Gidrostatik bosim va uning xossalari. Tinch holatdagi suyuqlik barcha tarafdan sirt kuchlari bilan siqilgan bo‘ladi. Bu kuchlar sirt nuqtalariga normal bo‘ylab hajmning ichiqa qarab yo‘nalgan. Bunday P kuchlar gidrostatik bosim kuchlari deb ataladi. P bosim kuchi ta’sirida suyuqlik ichida p siquvchi kuchlanish paydo bo‘ladi va uning moduli gidrostatik bosim deb ataladi. Suyuqlikning berilgan A nuqtasidagi gidrostatik bosimning qiymati quyidagi formuladan topiladi (2.1-rasm): S 0 P p = p lim S , bu yerda P – berilgan S yuzachaga ta’sir etuvchi gidrostatik bosim kuchi. Kuchlanish vektori normalining yo‘nalishi ixtiyoriy aniqlangan yuzadan bog‘liq. Har bir vektor yuzaga nisbatan normal va urinma tashkil etuvchilarga ega. 2.1-rasm. Gidrostatik bosimni aniqlash. Tinch holatdagi suyuqlikda urinma kuchlanish mavjud emas va qaralayotgan nuqtada molekulalar orasidagi masofa barcha yo‘nalishlarda bir xil (chunki, suyuqlikda tuzilma yo‘q). Shuning uchun, suyuqlik ichki nuqtasidagi kuchlanish vektor emas, balki skalyar miqdordir (u yo‘nalishdan bog‘liq emas). Shunday qilib, p bosim (N/m2 yoki Pa) – bu skalyar miqdor (Pa – Pascal). Butun S sirt bo‘ylab p bosimning o‘rtacha qiymati: P p p S , bunda P (N) – berilgan S (m2) yuzaga qo‘yilgan gidrostatik bosim kuchlari yig‘indisi. Download 16.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling