Baxtiyor mengliyev
Glossariy undosh fonema
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-§. Leksika, leksik-semantik sath va leksikologiya Tayanch tushunchalar
Glossariy
undosh fonema – tarkibida shovqin ishtirok etadigan fonema lab undoshi – artikulyatsiya o‘rni lab bo‘lgan undosh til undoshi − artikulyatsiya o‘rni til bo‘lgan undosh bo‘g‘iz undoshi − artikulyatsiya o‘rni bo‘g‘iz bo‘lgan undosh jarangli undosh – tarkibi ovoz va shoqindan iborat undosh jarangsiz undosh − tarkibi shoqindan iborat undosh portlovchi undosh – kuchli to‘siqqa uchraydigan undosh sirg‘aluvchi undosh – kuchsiz to‘siqqa uchraydigan undosh portlovchi-sirg‘aluvchi undosh – bir tomondan kuchli, ikkinchi tomondan kuchsiz to‘siqqa uchraydigan undosh korrelyativ belgi − ziddiyatda turgan fonemaning birida bor, ammo ikkinchisida mavjud bo‘lmagan belgi korrelyativ bo‘lmagan belgi − ziddiyatda turgan fonemaning har birida mavjud belgi 105 UCHINCHI FASL LEКSIК–SEMANTIK SATH 11-§. Leksika, leksik-semantik sath va leksikologiya Tayanch tushunchalar til, lison, nutq, sath, lisoniy sath, nutqiy sath, til, tilshunoslik, tilshunoslik bo‘limlari O‘zlashtiriladigan tushunchalar leksik-semantik sath, leksikologiya, morfema, leksema Leksika. Leksika termini grekcha lexikos (“so‘zga oid”) leksemasi hosilasidir. Leksika deganda, tilning barcha so‘zlari, lug‘at tarkibi nazarda tutiladi. Leksika termini tilning alohida so‘zlar qatlamiga ham (maishiy leksika, poetik leksika, ish yuritish leksikasi kabi), bir ijodkor tomonidan qo‘llangan barcha so‘zlarga nisbatan ham (Navoiy leksikasi, Tog‘ay Murod leksikasi) yoki biror asar haqida ham (“So‘z haqida so‘z”) qo‘llanilishi mumkin. Til leksikasi tilshunoslikning leksikologiya, semasiologiya va onomasiologiya sohalari o‘rganish manbayi hisobalanadi. Leksika bevosita yoki bilvosita borliqni ifodalaydi, jamiyatdagi o‘zgarishlarni, xalqning moddiy hayoti va ma’naviy olamini aks ettiradi, yangi predmet, hodisa, jarayon va tushunchalarni ifodalash uchun yangi so‘zlar bilan muttasil to‘lib boradi. O‘zida eskirish va yangilanishni to‘la aks ettiradi. Iste’mol darajasi susaygan birliklar esa leksikadan butunlay chiqib ketmaydi. Moddiy ishlab chiqarishning har xil sohalari muntazam rivojlanib, yangi yo‘nalishlar bilan boyib borishi, fan va texnikaning tinimsiz rivoji yangidan yangi maxsus so‘zlar – termin va terminologik qatlamlarni vujudga keltiradi va rivojlantiradi. Bunda e’tiborlisi shundaki, umumiste’mol so‘zlarning ayrimlari terminologik tabiat kasb etsa, ayrim terminlar o‘z ifodalanmishining kundalik turmushda qo‘llanish darajasiga bog‘liq ravishda umumiste’mol xususiyat kasb etib boradi. Jamiyatda umumiy ta’limning rivoji ham tilning o‘rta saviyali sohiblarida til terminоlogik tizimining xalqchillashuviga olib keladi. 106 Til leksikasida jamiyatning ijtimoiy qatlamlanishi (professional, yosh, jins va h.) o‘z aksini topadi. Shunga ko‘ra, til leksikasi har xil sotsial dialektlarga xoslanishi jihatdan tarmoqlanadi: jargon, argo, sleng. Til leksikasining sotsial xoslanishi sotsial dialektologiya, sotsiolingvistika, psixolingvistika kabilar tomonidan o‘rganiladi. Leksikada til egalarining turli hududiy dialektlarga mansubligi, xususan, hududiy sifatlar o‘z ifodasini topadi. Tilning hududiy variativligi dialektologiya tomonidan o‘rganiladi. Dialektal so‘zlar umumadabiy leksikani to‘ldiruvchi eng muhim ikki vositadan biri sanaladi. Adabiy nutqda qo‘llanilib, hali unga to‘liq singmagan, mahalliy kolorit, hududiy bo‘yoq yaqqol sezilib turgan sheva so‘zlari “dialektizmlar” deyiladi. Tog‘ay Murod, Shukur Xolmirzayev, Nazar Eshonqul asarlarida dialektizmlarning yorqin namunalarini ko‘ramiz. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling