Baxtiyor mengliyev


O‘zlashtiriladigan tushunchalar


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

 
97


O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
undosh fonema, lab undoshlari, til undoshlari, bo‘g‘iz undoshi, 
jarangli undoshlar, jarangsiz undoshlar, portlovchi undoshlar
sirg‘aluvchi 
undoshlar, 
portlovchi-sirg‘aluvchi 
undoshlar, 
korrelyativ belgi, korrelyativ bo‘lmagan belgi
Undoshlarning 
asosiy 
farqlovchi 
belgilari. 
Undosh 
fonemalarni farqlovchi asosiy belgi quyidagilar: 
a) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra; 
b) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra; 
d) ovoz va shovqin ishtirokiga ko‘ra. 
Hozirgi o‘zbek tilida 24 ta undosh fonema bo‘lib, ularni 
yuqorida sanab o‘tilgan belgilari bilan quyidagicha ko‘rsatish 
mumkin (2-jadval).
Boshqa sath birliklarida bo‘lgani kabi, fonemalarning asosiy 
belgilari korrelyativ va korrelyativ bo‘lmaganlarga ajraladi. 
Ziddiyatda turgan fonemaning birida bor, ammo ikkinchisida 
mavjud bo‘lmagan belgi – korrelyativ belgi deyiladi. Masalan, 
[b]~[p] zidlanishda jarangli-jarangsizlik bu fonemalar uchun 
korrelyativ belgidir. Ammo til oldi va portlovchilik belgisi har 
ikkala fonema uchun ham xos bo‘lganligi sababli korrelyativ 
bo‘lmagan belgi deyiladi. Shuningdek, [h] undoshida jarangsizlik 
belgisi mavjud. Ammo shu belgi asosida uni boshqa fonema bilan 
zid qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki [p] fonemasining jarangli jufti – [b
fonemasi. [h] fonemasining esa jarangli jufti o‘zbek tili fonologik 
sistemasida mavjud emas. 
O‘zbek tilidagi 8 ta fonema uchun “jarangli-jarangsizlik” 
korrelyativ belgi hisoblanadi: [b] ~ [p], [d] ~ [t], [k] ~ [g], [s] ~ 
[z], [j] ~ [ch], [j] ~ [sh], [g‘] ~ [x], [v] ~ [f]. 
“Jarangli-jarangsizlik” belgisi asosida korrelyativ munosabatga 
kirishmaydigan fonemalarning jarangli yoki jarangsiz jufti 
bo‘lmaydi. Masalan: [l][m][y][x][h][n][r][ng].
Undosh fonemalar sistemasini jadvalda quyidagicha berish 
mumkin (16-jadval). 
98


Fonemaning asosiy korrelyativ belgilari farqlovchi belgi 
hisoblanadi. 
Masalan, 
[s
fonemasining 
jarangsizlik, 
[z
fonemasining jaranglilik belgisi farqlovchi belgidir. 
Undosh fonemada ham asosiy belgi farqlovchilik darajasida 
bo‘lmasligi mumkin. Masalan, [m] fonemasining jaranglilik belgisi 
farqlovchi belgi sanaladi. Chunki fonema xuddi shu belgisi asosida 
boshqa fonema bilan ziddiyatli juftlik hosil qila olmaydi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling