Baxtiyor mengliyev
-§. Unli fonemalar paradigmasi
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zlashtiriladigan tushunchalar
9-§. Unli fonemalar paradigmasi
Tayanch tushunchalar: fonetika, tovush, nutq tovush, tovushning akustik jihati, tovushning fiziologik jihati, tovushning sotsial jihati, fonema, fonetik paradigma, bir o‘lchovli ziddiyat, ko‘p o‘lchovli ziddiyat, muntazam ziddiyat, ajralgan ziddiyat O‘zlashtiriladigan tushunchalar unli fonema, lablanmagan unli, lablangan unli, tor unli, keng unli, yuqori unli, o‘rta unli, quyi unli 90 Unli tovushlar og‘iz bo‘shlig‘ida tovush paychalarida hosil bo‘lgan ovozning turli to‘siqlarga uchrashi natijasida vujudga keladi. Lablarning harakati, tilning tanglayga ko‘tarilishi ovoz duch keladigan to‘siqlardir. Tilning ko‘tarilish darajasi (yuqori, o‘rta, quyi) va lablanganlik-lablanmaganlik – kuchli pozitsiyadagi unli fonemalarning asosiy, sistema hosil qiluvchi belgisi. Unlilarning til gorizontal holatiga ko‘ra (old qator, o‘rta qator va orqa qator) belgilari asosiy hisoblanmaydi. Chunki bu belgilar yondosh tovush ta’sirida hosil bo‘ladi va o‘zgarib turadi. Masalan, [q] undoshi bilan sintagmatik munosabatida [a] unlisi “til orqa” xossasiga ega bo‘lsa, [k] undoshi qurshovida til o‘rta, [m] undoshlari qurshovida esa til oldi unlisi sifatida namoyon bo‘ladi. Mustaqil o‘zlashtirish uchun Fonetik qirg‘oqlarda Fonemalar nutqda tovushlar sifatida voqelanganda bamisoli daryo oqimiga o‘xshaydi. Tog‘dan oqib tushayotgan daryoni ko‘z oldingizga keltiring. Kengliklarda yoyilib, bemalol yayrab oqadi. Torliklarga kelganda shovqin solib, sharsharaga aylanadi, har tarafga otiladi, qirg‘oqlarga zarb bilan urilib, uni yemiradi, o‘zi ham yana orqaga qaytadi. O‘tkir toshlarga zarba beradi, ba’zan ularni joyidan siljitib yuboradi. Fonemalar ham xuddi daryo suvi kabi har xil sharoitlarga tushadi, qulay sharoitlarda o‘z mohiyatini saqlaydi, oqim uchun noqulay joylarda yo sharoitga moslashadi yoki sharoitni o‘ziga moslashtiradi. Masalan, (a) unli fonemasini olaylik. Alam, bolam, katta so‘zlarida lablanmaganlik va kenglik xususiyatini saqlab qoladi. Bu uning uchun qulay sharoit. Lekin qara, havas, g‘alaba so‘zlarida yonidagi undoshlarga moslashib, lablanishga moyillik sezadi. Nutq a’zolari qulay va oson yo‘l bilan tovushlarni talaffuz qilishga intiladi. Bu unlilarning til orqa undoshlari qurshovida kelganida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu boisdan ayrim o‘zbek shevalarida qara, g‘alaba so‘zlaridagi (a) unlisi (o) tarzida yoki (a) bilan (o) oralig‘ida talaffuz qilinadi. 91 Nutq tovushlarining o‘z mohiyatini saqlab qoladigan qulay sharoiti kuchli pozitsiya deyiladi. Masalan, alam va olam so‘zlaridagi (a) va (o) unlilarining talaffuz sharoiti kuchli pozitsiyaga misol bo‘ladi. Bir nutq tovushini boshqasidan farqlovchi belgilar kuchsizlanadigan, tovushlararo farqlar so‘nadigan pozitsiya kuchsiz pozitsiya deyiladi. Masalan, qanot so‘zidagi (a) tovushi voqelanayotgan pozitsiya kuchsiz pozitsiya hisoblanadi. Chunki talaffuzda (a) tovushini (o) tovushidan farqlash qiyinlashadi. Yoki Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling