Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
Test 1. Kitob leksemasida nechta fonema mavjud? A) 5 B) 4 С) 3 D) fonema mavjud emas. 2. XX asr jahon tilshunosligidagi tub burilishi nima bilan belgilanadi? A) lison va nutqni farqlash B) lison va nutqni yaxlit o‘rganish С) nutqni alohida o‘rganish D) lisonning nutqiy voqelanishini tadqiq qilish. 3. Qaysi belgi unli fonemalarga xos emas? A) lablanmaganlik B) torlik С) kenglik D) til oldilik. 4. Morfema qanday leksemalarga qo‘shiladi? A) mustaqil B) nomustaqil S) alohida so‘zlarga D) leksemalarga qo‘shilmaydi. 5. Unli va undoshlar o‘zaro qaysi belgi asosida birlashadi? A) ovozga egalik belgisi bilan B) biryoqlama birlik ekanligi bilan S) shovqinlilik D) ikki paradigmaga kirishi bilan. 6. Qaysi belgi paradigma a’zolariga xos emas? A) o‘tkinchilik B) barqarorlik S) umumiy belgiga egalik D) farqlilik. Glossariy fonetika – nutq tovushlarini o‘rganuvchi soha nutq tovushi – so‘zlarning eshitiluvchi, nutq a’zosini bir holati bilan hosil bo‘ladigan moddiy tomoni 89 tovushning akustik jihati – nutq tovushining eshitilish jihati tovushning fiziologik jihati – nutq tovushining hosil bo‘lish jihati tovushning sotsial jihati – tovushning ma’no farqlash jihati fonema – nutq tovushlarining lisoniy asosi fonetik paradigma – fonemalar sistemasi bir o‘lchovli ziddiyat – bir belgi asos bo‘lgan ziddiyat ko‘p o‘lchovli ziddiyat – bir necha belgi asos bo‘lgan ziddiyat muntazam ziddiyat – a’zolar o‘zaro o‘ziga xos belgilar asosida qarama-qarshi qo‘yiladigan ziddiyat ajralgan ziddiyat – bir belgining bo‘linishlari asosidagi zidlanish Adabiyotlar 1. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993. 2.Nurmonov A. Lingvistik belgi nazariyasi. – Toshkent: Fan, 2008. 3.Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010. 4.Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997. 5.Mirtojiyev M. O‘zbek tili fonetikasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2015. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling