Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Fonologik paradigma. Boshqa lisoniy birlik kabi fonema ham 
paradigmatik va sintagmatik munosabatda yashaydi. Bu fonologik 
paradigmatika va fonologik sintagmatika deyiladi. 
O‘zaro qarama-qarshi belgiga ega bo‘lgan, biroq umumiy
birlashtiruvchi (integral) belgilari asosida uyushgan fonemalar 
sirasi fonologik paradigma, fonemalarning sistemadagi o‘zaro 
munosabati fonologik paradigmatik munosabat deyiladi.
Fonologik 
ziddiyat 
va 
uning 
turlari
Fonologik 
paradigmaning asosida fonologik ziddiyat yotadi. Fonologik 
ziddiyat (oppozitsiya) fonemaning farqli belgilarini o‘zida 
ifodalaydi. Masalan, o‘zbek tilidagi unli fonemalar bir umumiy 
belgi – “ovozdan iboratlik” invariant xossasiga ega. Bu mohiyat 6 
ta unli fonema uchun umumiy. Biroq bu mohiyat ostida birlashgan 
fonemalar o‘zaro zidlanib, kichik guruhlar hosil qiladi. [i] va [u
«yuqori tor» belgisi bilan «o‘rta keng» xossasiga ega [e] va [o‘
hamda «quyi keng» xossasiga ega [a] va [o] fonemalar guruhlariga 
qarama-qarshi turadi. Yoki «lablanmagan» belgisiga ega [i], [e], 
[a] fonemalari guruhi «lablangan» belgisiga ega [u], [o‘], [o
guruhiga qarama-qarshi turadi. O‘z navbatida [i], [e], [a] guruhi 
a’zolari o‘ziga xos belgilari asosida o‘zaro zidlanadi. 
86


Tilshunoslikda fonologik ziddiyatning har xil tur va 
ko‘rinishlari farqlanadi. N.S.Trubetskoy «Fonologiya asoslari» 
asarida fonologik ziddiyatni uch asosga ko‘ra tasniflaydi: 
1) 
fonologik 
ziddiyatning 
ziddiyat 
sistemasiga 
munosabatiga ko‘ra tasnifi. Bunda ziddiyat bir o‘lchovli va ko‘p 
o‘lchovli, muntazam va ajralgan ziddiyatga bo‘linadi. Bir o‘lchovli 
ziddiyatda fonemalar bir belgi asosida zidlanadi. Masalan, [i] va 
[u] fonemalaridan biri lablanmagan va ikkinchisi lablangan, bunda 
ular bir belgi – «lablangan»lik xossasiga ko‘ra qarama-qarshi 
turadi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling