Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

IKKINCHI FASL 
 
FONETIK-FONOLOGIK SATH 
 
8-§. Fonologiya va uning o‘rganish obyekti 
 
Tayanch tushunchalar 
til sathlari, lison, nutq, lisoniy sath, nutqiy sath, til birligi
lisoniy birlik, nutqiy birlik 
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
fonetika, tovush, nutq tovush, tovushning akustik jihati
tovushning fiziologik jihati, tovushning sotsial jihati, fonema, 
fonetik paradigma, bir o‘lchovli ziddiyat, ko‘p o‘lchovli ziddiyat, 
muntazam ziddiyat, ajralgan ziddiyat 
 
Nutqimizdagi har bir so‘z o‘z fonetik “to‘n”iga ega. Garchi 
alohida olingan tovush hech qanday ma’no anglatmasa-da, u 
ma’noli til birliklarining tashqi tomonini tashkil etib, ularni 
eshitiladigan tusga kiritadi. Og‘zaki nutqda eng asosiy til birligi – 
so‘z va tovush. Boshqa hodisalar so‘z ma’nosini ro‘yobga 
chiqarish uchun xizmat qiladi. So‘z ma’no ifodalasa, tovush uni 
tinglovchiga yetkazadi. Tovushning tinglovchiga so‘z qiyofasiga 
solib ma’noni yetkazishi uning sotsial tomonidir.
Tovushning hosil bo‘lish o‘rni, eshitilish va ma’no farqlash 
tomonlari mavjud. Tovushning fiziologik (artikulyatsion) va 
akustik (eshitilish) tomoniga doir xususiyatlari faqat tilshunos 
uchun ahamiyatli. Ma’no farqlash jihati esa so‘zlashuvchilar uchun 
ahamiyatli bo‘lib, ular bundan ongsiz ravishda foydalanadilar.
Nutq tovushi ilk til birliklaridandir. Inson tili vositasida paydo 
bo‘lgan dastlabgi biologik tovushlar evolyutsiya natijasida inson 
tafakkuri rivojlanib borishi bilan sotsial (so‘z hosil qiluvchi, ma’no 
farqlovchi) tovushga aylanib borgan. Tillarning paydo bo‘lishidagi 
fonetik nazariyalar bejiz emas. Albatta, bunda masalani tillarning 
emas, balki so‘zlarning paydo bo‘lishi tarzida qo‘yilishi mavjud 
nazariyalarning barchasi to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi. 
82



Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling