Baxtiyor mengliyev
qo‘llash yoki biridan ikkinchisiga o‘tish tasnif izchilligiga
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasnif a’zolari (guruhlari) bir-birini inkor etishi lozim.
- Tasnifda sakrash bo‘lmasligi lozim.
qo‘llash yoki biridan ikkinchisiga o‘tish tasnif izchilligiga
putur yetkazadi. Masalan, ergashgan qo‘shma gapning an’anaviy tasnifida tasnif dastlab sintaktik belgi asosida (ega ergash gap, kesim ergash gap, to‘ldiruvchi ergash gap, aniqlovchi ergash gap) boshlanib, semantik asos bilan davom etar va tugar edi: payt ergash gap, shart ergash gap, o‘rin ergash gap, to‘siqsiz ergash gap, natija ergash gap va h. Bunda tasnif dastlab sintaktik belgi asosida amalga oshirilib, ikkinchi bosqichda semantik tasnif amalga oshirilsa, to‘g‘ri bo‘lar edi. Masalan (13-jadval): 13-jadval Ergash gap Ega ergash gap Kesim ergash gap Aniqlovchi ergash gap To‘ldiruvchi ergash gap Hol ergash gap Hol ergash gap Sabab O‘rin Payt Shart Nati -ja To‘siq- siz Maq- sad Daraja- miqdor Tasnif a’zolari (guruhlari) bir-birini inkor etishi lozim. Undoshlar til oldi, til o‘rta, til orqa, bo‘g‘iz, jarangli, jarangsiz turlardan iborat deyilgan tasnifda a’zolarning ayrimlari boshqalarini inkor eta olmaydi. Ya’ni jarangli undosh til oldi undoshi bilan zidlana olmaydi, til oldi va til o‘rta undoshlari bir- birini inkor etish xossasiga ega. Tasnifda sakrash bo‘lmasligi lozim. Agar “kesim sodda kesim, murakkab fe’l kesim, murakkab ot kesimga bo‘linadi” tasnifini amalga oshirsak, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. Chunki 77 dastlab kesimni sodda va murakkabga, so‘ngra fe’l va ot kesimga bo‘lish to‘g‘ri hamda izchil tasnifni beradi. Tasnifning bo‘lishdan farqi shundaki, bo‘lishda a’zolar guruhlanishi shart emas. Masalan, “lablanmagan unlilar i, e, a dir” deyish tasnif emas, balki bo‘lishdir. Tasnif xarakteriga ega bo‘lish uchun i yoki a guruh (sinf) bo‘lib, o‘z navbatida, yana bo‘linib ketishi lozim edi. Unlilarni lablangan va lablanmagan unliga bo‘lish tasnif bo‘lib, lablanmagan yoki lablangan unlini bo‘lish oddiy bo‘lish bo‘lsa-da, tasnif maqomida emas. Tasnif dixotomik, politomik yoki dixopolitomik bo‘lishi mumkin. Dixotomik tasnifda birliklar ikki guruhga ajratiladi: “fonemalar unli va undoshga ajraladi” deyilgani kabi. Politomik tasnifda guruh soni ikkidan ortiq bo‘ladi: “Grammatik qo‘shimcha lug‘aviy shakl hosil qiluvchi, sintaktik shakl hosil qiluvchi va lug‘aviy sintaktik shakl hosil qiluvchiga bo‘linadi” yoki “fe’llar nutq fe’llari, ruhiy- holat fe’llari va h.k.” kabi. Dixopolitomik tasnifda tasniflanuvchi butunlik dastlabgi bosqichda ikkiga, keyingi bosqichda ikkidan ortiq sinfga ajraladi. Masalan (14-jadval): 14-jadval Fonema Unli Undosh Yuqori tor O‘rta keng Quyi keng Lab Til Bo‘g‘iz Tasnif asosini tanlash muhim. Chunki biror sistema unsurlarini turli asosda tasnif qilish har xil natija beradi. Masalan, undosh fonemani ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra jarangli va jarangsizga, hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra lab, til, bo‘g‘iz undoshiga ajratish mumkin. Lisoniy tasnif tasniflanayotgan birliklarning ichki, substansial belgilariga ko‘ra yoki muhim bo‘lmagan zohiriy xossasiga asoslangan bo‘lishi mumkin. Shu boisdan tabiiy yoki yordamchi tasnif farqlanadi. Tabiiy tasnifda lisoniy birlikning ichki, barqaror belgilariga asoslaniladi. Yuqorida tabiiy tasnifga misollar keltirildi. 78 Yordamchi tasnifda birlikning ontologik bo‘lmagan xossasini bildiruvchi belgilariga tayaniladi. Masalan, “so‘zlarning bo‘g‘in sonlariga ko‘ra tasnifi (bir bo‘g‘inli, ikki bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar)”, “unlilarning tilning gorizontal holatiga ko‘ra tasnifi” va h. Tasnif izchilligi – substansial yondashuvning asosiy talablaridan biri. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling