Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mantiqiy mushohada uchun 
1. Metall so‘ziga -lar qo‘shimchasi qo‘shilsa, nega uchta l 
talaffuz qilinmaydi? 
2. Ba’zi mutaxassislar o‘zbek tilidagi [f] tovushini o‘zlashma 
deyishadi. Uning o‘zlashma emasligini kechasi o‘chgan elektr 
chirog‘i yonishi vaqtidagi holat bilan qanday asoslash mumkin?
3.“Unlilar og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchramaydi”. Bu hukmda 
qanday ilmiy va mantiqiy xatolik mavjud? 
Fonetika va fonologiyaning farqlanish asosi. Lisoniy sathlar 
sirasida fonetika nutqning eng kichik tashkil etuvchi va boshqa 
sathlar birliklari uchun moddiy asos bo‘luvchi birliklarini 
beradigan sath sifatida ajralib turadi.
Insonning nutq faoliyati sezgi a’zolari asosida his qilinuvchi 
nutq birliklari ― tovush yoki tovushlar sistemasi vositasida 
ro‘yobga chiqadi. Nutq tovushi o‘zida uch jihatni birlashtirgan 
murakkab nutqiy birlik sifatida namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilar: 
84


a) talaffuz a’zolari bilan boshqariladigan markaziy nerv 
sistemasi mahsuli (fiziologik jihat); 
b) tabiatdagi har qanday tovush kabi akustik tabiatga ega 
(akustik jihat); 
d) kishilarning axborot uzatish, kommunikatsiya vositasi 
(funksional, sotsial, lisoniy jihat). 
Nutq tovushining haqiqiy va muhim jihati – uning funksional 
aspekti. Tilshunoslikda aytilgan uch jihatni yaxlitlikda o‘rganish 
yoki ajratgan holda tadqiq qilish masalasida bir xillik yo‘q. Ba’zi 
mutaxassislar nutq tovushining fiziologik tomoni biologiya, akustik 
jihati fizika fanining o‘rganish predmeti bo‘lib, tilshunos uning 
faqat funksional tomoninigina tekshirishi lozim degan fikrni ilgari 
surishsa, ayrimlari har uchala jihat bir-biridan ajralmas, ularni 
yaxlitlikda o‘rganmoq kerak degan qarash tarafdori. Ana shu ikki 
xil qarash kurashi natijasida tilshunoslikda ikki – fonetika va 
fonologiya sohalari ajraldi. Natijada fonetika nutqiy variant (nutq 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling