Baqamti yashaydi zotiy belgilar,
Bir unli u juftga ayni vatandir.
Lablangan har birlik lablanmagandan
Farq qilib turadi o‘z borlig‘ida.
Quyimi, o‘rtami yoki yuqori –
Faqat qo‘sh belgi bor til yorlig‘ida.
Ikki va uch belgi ko‘paytmasidan
Unlilar miqdori tayin bo‘lgandir.
Belgilarning soni o‘zgarsa, balki,
Miqdor saqlanishi qiyin bo‘lgandir.
Mantiqiy mushohada uchun
1.Ertakda yalmog‘iz bilan supurgi bir paytda paydo bo‘lib qoldi
deylik. Bu bir fonetik pozitsiyaga o‘xshaydimi yoki ikkitaga? Nutq
tovushlari asosida dalillang.
2.Unisi so‘zidagi [
n], [
i], [
s] tovushlari [
u] olmoshiga
tegishlimi yoki [
–i] egalik shakliga? Asoslang.
Ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek tilida unli fonemalar bir belgi asosida
uch (tor, o‘rta, keng) va ikki a’zoli ziddiyatni (lablangan,
lablanmagan), ikki belgi («tilning ko‘tarilish darajasi» va
“lablanganlik-lablanmaganlik”) asosida olti a’zoli
ziddiyatni hosil
qiladi.
Savol va topshiriqlar
1.Fonetika va fonologiyaning farqlanish asosi haqida gapiring.
2.Fonologiyaning o‘rganish obyekti nima?
3.Fonologik paradigma deganda nimani tushunasiz?
4.Fonologik ziddiyat va uning turlari haqida gapiring.
5.Fonologik ziddiyatda kuchli pozitsiya nima?
6. Fonologik ziddiyatda kuchsiz pozitsiya nima?
Do'stlaringiz bilan baham: