Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

kitob so‘zi oxirida (b) tovishini (p) tovushidan, qiz so‘zi oxirida (z
tovushini (s) tovushidan farqlash qiyin.
Ana shu kuchsiz pozitsiyalar imloda xatoliklar kelib chiqishiga 
sabab bo‘ladi.
Ammo esda tutish lozimki, daryo turli darajadagi qirg‘oqlarda 
qanchalik eshilib-buralmasin, kengayib-toraymasin, baribir u bitta 
daryo, boshqa daryoga aylanib ketmaydi. Lekin bizning 
ko‘zlarimiz daryoni turli o‘rinlarda ko‘rib, bir holatini ikkinchi 
holatiga o‘xshata olmay, hayratlanadi, xolos. 
Unli fonemalarning asosiy belgilariga ko‘ra tasnifi quyidagicha 
(15-jadval): 
15-jadval 
Fonemalar 
Asosiy belgilari 
Tilning 
ko‘tarilish 
darajasi 
Lablanish belgisi 
Yuqori O‘rta Quyi Lablang
an 
Lablanmagan 
[i


[u


[o‘


[o


[e


[a


92


Jadvaldan ko‘rinadiki, tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra unli 
fonemalar uch pog‘onali, lablanish belgisiga ko‘ra ikki pog‘onali 
sistemani hosil qiladi.
Mantiqiy mushohada uchun 
1. So‘z oxirida undosh jarangsizlashdi. Daryo qirg‘oqqa ta’sir 
qildimi yoki qirg‘oq daryoga? 
2.Ertakda Yalmog‘iz paydo bo‘lganda, supurgi yo‘qolib qoladi. 
Supurgi paydo bo‘lganda yalmog‘iz yo‘q bo‘ladi. Ular almashib 
turar edi. Bola Yalmog‘izni qanday yo‘qotdi? Buni pozitsiya va 
tovushlar munosabatiga qanday bog‘laysiz? 
Unli fonema yaxlit sistemani tashkil etib, bu sistema ham o‘z 
navbatida sistemachalarga bo‘linadi. [i] va [u] fonemalari “yuqori 
tor” belgisi ostida birlashib, bunday belgiga ega bo‘lmagan 
fonemalardan ajraladi. Quyida har bir unli fonemaning sistemaviy 
xususiyatlarini jadvalda aks ettiramiz: 
Fonema 
Sistema hosil 
qiluvchi belgisi 
Sistemada hosil 
bo‘luvchi belgisi 
Sistemaga 
betaraf belgisi 
[a] 
Sof ovozdan 
iborat 
Quyi keng, 
lablanmagan 
[o] 
Quyi keng, 
lablangan 
[e] 
O‘rta keng, 
lablanmagan 
[o‘] 
O‘rta keng, 
lablangan 
[i] 
Yuqori tor, 
lablanmagan 
[u] 
Yuqori tor, 
lablangan 
Unli fonemalar paradigmasi katta va kichik paradigmalardan 
iborat. Lablangan va lablanmagan unlilar ichki paradigmalarni 
hosil qiladi. Lablangan unlilar ichki paradigmasini jadvalda 
sistemaviy xususiyatlari asosida quyidagicha berish mumkin. 
93


Lablangan unlilar paradigmasi: 
Fonema 
Sistema hosil 
qiluvchi belgisi 
Sistemada 
hosil bo‘luvchi 
belgisi 
Sistemaga 
betaraf belgisi 
[o] 
Lablangan
Quyi keng
Sof ovozdan 
iborat 
[o‘] 
O‘rta keng
[u] 
Yuqori tor
Lablanmagan unlilar paradigmasi: 
Fonema 
Sistema hosil 
qiluvchi belgisi 
Sistemada 
hosil 
bo‘luvchi 
belgisi 
Sistemaga 
betaraf belgisi 
[a] 
Lablanmagan
Quyi keng
Sof ovozdan 
iborat 
[e] 
O‘rta keng
[i] 
Yuqori tor
Keng/torlik xususiyatiga ko‘ra unlilar uchta ichki paradigmani 
tashkil qiladi: yuqori tor unlilar paradigmasi, o‘rta keng unlilar 
paradigmasi, quyi keng unlilar paradigmasi.
Yuqori tor unlilar paradigmasi: 
Fonema 
Sistema hosil 
qiluvchi belgisi 
Sistemada hosil 
bo‘luvchi belgisi 
Sistemaga 
betaraf belgisi 
[i] 
Tor
Lablanmagan
Yuqori
[u] 
Lablangan
O‘rta keng unlilar paradigmasi: 
Fonema 
Sistema hosil 
qiluvchi belgisi 
Sistemada hosil 
bo‘luvchi belgisi 
Sistemaga 
betaraf belgisi 
[e] 
Keng 
lablanmagan 
O‘rta 
[o‘] 
lablangan 
Quyi keng unlilar paradigmasi: 
Fonema 
Sistema hosil 
qiluvchi belgisi 
Sistemada hosil 
bo‘luvchi belgisi 
Sistemaga 
betaraf belgisi 
[a] 
Кенг 
lablanmagan 
Quyi
[o] 
lablangan 
Aytish mumkinki, [i] va [u] kichik paradigmasi a’zolari 
farqlovchi belgilari ([i] – lablanmaganlik va [u]– lablanganlik 
94


belgilari) asosida o‘z mustaqilliklarini saqlab qoladi va ziddiyatda 
turadi. [e]~[o‘] sistemachasi “o‘rta keng” belgisiga ko‘ra [i]~[u
sistemachasidan ham, [e]~[o] sistemachasidan ham farqlanadi. 
Ma’lum bo‘ladiki, katta paradigma uchun sistema hosil 
qiluvchi belgi ichki paradigma uchun sistemaga betaraf belgiga 
aylanib qoladi. Bu sistemaning ichki sistemalarga bo‘linishlaridagi 
qonuniyatlardan biridir.
Demak, unli fonemaning har biri uch belgidan iborat:
[i]– yuqori, tor, lablanmagan 
[u] – yuqori, tor, lablangan 
[e] – o‘rta, keng, lablanmagan 
[o‘] – o‘rta, keng, lablangan 
[a] – quyi, keng, lablanmagan 
[o] – quyi, keng, lablangan. 
Tilning ko‘tarilish darajasi birlashtiruvchi belgi bo‘lganda 
(masalan, [i], [u] unlilari “torlik” belgisi ostida birlashadi) 
lablanganlik-lablanmaganlik farqlovchi belgi sanaladi: [i] – 
lablanmagan, [u]– lablangan. “Lablanganlik” birlashtiruvchi belgi 
bo‘lganda, tilning ko‘tarilish darajasi farqlovchi belgi sanaladi. 
Masalan, [i], [e], [a] unlilari “lablanmaganlik” umumiy 
birlashtiruvchi belgisiga ega, biroq “yuqori” ([i]), “o‘rta” ([e]), 
“quyi” ([a])lik belgilari bu fonemalarning farqlovchi belgilari 
sanaladi. 
 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling