Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
Mantiqiy mushohada uchun
1.Nega yozma nutqda beixtiyor dorixona, sinov daftarchasi, shifoxona (kasalxona), bekat so‘zlarini yozamiz-u, og‘zaki nutqda apteka, zachyotka, bolnitsa, ostanovka so‘zlarini aytamiz? Sabablari nimada? 2.Jarohat va yara so‘zlari o‘zaro sinonimmi yoki uyadoshmi? Lug‘atlardan foydalanib javob berish ham mumkin. Til leksikasida yangi so‘zlarning hosil bo‘lishi turli yo‘llar bilan sodir bo‘ladi: 1) yangi so‘z yasalishi: 2) so‘zning yangi ma’no kasb etishi; 3) bir turkumdan boshqasiga o‘tish. Mazmun plani nuqtayi nazaridan til leksikasi farqlanadi: 108 1) mustaqil so‘zlar (atash vazifasini bajaradi) va nomustaqil so‘zlar (bunday vazifaga ega emas); 2) mavhum so‘zlar (umumlashma ma’nolarni ifodalaydi) va aniq so‘zlar (muayyan tushunchalarni ifodalaydi). Mustaqil va nomustaqil so‘zlar tizimida ham uzluksizlik mavjud. Unga ko‘ra, mustaqil so‘zlar nomustaqil so‘zlarga aylanadi yoki ularning vazifasini muvaqqat bajaradi; 1) sinonimlar (bir tushunchani turli tomondan ifodalaydi); 2) antonimlar (zid tushunchalarni ifodalaydi); 3) giponimlar (tur-jins tushunchalarini ifodalaydi); Ifoda plani nuqtayi nazaridan omonimlar, omograflar, omofonlar, paronimlar farqlanadi. Til leksikasida uslubiy xoslanish alohida ahamiyatga ega. Til leksikasida frazeologizmlar alohida o‘rin tutadi. Frazeologizmlar leksikalizatsiya hodisasining yorqin namunasi. So‘z birikmalari ma’nolari ixtisoslashib, bir so‘z ma’nosiga teng ma’no ifodalashga o‘tadi. Iboralar shaklan so‘z birikmasiga o‘xshaydi, lekin til leksikasiga mansub bo‘ladi. Leksikani qayd etuvchi soha leksikografiya bo‘lib, uning nazariy va amaliy, an’anaviy va zamonaviy ko‘rinishlari mavjud. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling