Baxtiyor mengliyev


-§. Unli fonemalar paradigmasi


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

9-§. Unli fonemalar paradigmasi 
 
Tayanch tushunchalar: 
fonetika, tovush, nutq tovush, tovushning akustik jihati, 
tovushning fiziologik jihati, tovushning sotsial jihati, fonema, 
fonetik paradigma, bir o‘lchovli ziddiyat, ko‘p o‘lchovli ziddiyat, 
muntazam ziddiyat, ajralgan ziddiyat 
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
unli fonema, lablanmagan unli, lablangan unli, tor unli, keng 
unli, yuqori unli, o‘rta unli, quyi unli 
90


Unli tovushlar og‘iz bo‘shlig‘ida tovush paychalarida hosil 
bo‘lgan ovozning turli to‘siqlarga uchrashi natijasida vujudga 
keladi. Lablarning harakati, tilning tanglayga ko‘tarilishi ovoz duch 
keladigan to‘siqlardir. Tilning ko‘tarilish darajasi (yuqori, o‘rta, 
quyi) va lablanganlik-lablanmaganlik – kuchli pozitsiyadagi unli 
fonemalarning asosiy, sistema hosil qiluvchi belgisi. Unlilarning til 
gorizontal holatiga ko‘ra (old qator, o‘rta qator va orqa qator) 
belgilari asosiy hisoblanmaydi. Chunki bu belgilar yondosh tovush 
ta’sirida hosil bo‘ladi va o‘zgarib turadi. Masalan, [q] undoshi 
bilan sintagmatik munosabatida [a] unlisi “til orqa” xossasiga ega 
bo‘lsa, [k] undoshi qurshovida til o‘rta, [m] undoshlari qurshovida 
esa til oldi unlisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Fonetik qirg‘oqlarda 
Fonemalar nutqda tovushlar sifatida voqelanganda bamisoli 
daryo oqimiga o‘xshaydi.
Tog‘dan oqib tushayotgan daryoni ko‘z oldingizga keltiring. 
Kengliklarda yoyilib, bemalol yayrab oqadi. Torliklarga kelganda 
shovqin solib, sharsharaga aylanadi, har tarafga otiladi, 
qirg‘oqlarga zarb bilan urilib, uni yemiradi, o‘zi ham yana orqaga 
qaytadi. O‘tkir toshlarga zarba beradi, ba’zan ularni joyidan siljitib 
yuboradi.
Fonemalar ham xuddi daryo suvi kabi har xil sharoitlarga 
tushadi, qulay sharoitlarda o‘z mohiyatini saqlaydi, oqim uchun 
noqulay joylarda yo sharoitga moslashadi yoki sharoitni o‘ziga 
moslashtiradi.
Masalan, (a) unli fonemasini olaylik. Alam, bolam, katta 
so‘zlarida lablanmaganlik va kenglik xususiyatini saqlab qoladi. Bu 
uning uchun qulay sharoit. Lekin qara, havas, g‘alaba so‘zlarida 
yonidagi undoshlarga moslashib, lablanishga moyillik sezadi. Nutq 
a’zolari qulay va oson yo‘l bilan tovushlarni talaffuz qilishga 
intiladi. Bu unlilarning til orqa undoshlari qurshovida kelganida 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu boisdan ayrim o‘zbek shevalarida 
qara, g‘alaba so‘zlaridagi (a) unlisi (o) tarzida yoki (a) bilan (o
oralig‘ida talaffuz qilinadi.
91


Nutq tovushlarining o‘z mohiyatini saqlab qoladigan qulay 
sharoiti kuchli pozitsiya deyiladi. Masalan, alam va olam 
so‘zlaridagi (a) va (o) unlilarining talaffuz sharoiti kuchli 
pozitsiyaga misol bo‘ladi.
Bir 
nutq 
tovushini 
boshqasidan 
farqlovchi 
belgilar 
kuchsizlanadigan, tovushlararo farqlar so‘nadigan pozitsiya 
kuchsiz pozitsiya deyiladi. Masalan, qanot so‘zidagi (a) tovushi 
voqelanayotgan pozitsiya kuchsiz pozitsiya hisoblanadi. Chunki 
talaffuzda (a) tovushini (o) tovushidan farqlash qiyinlashadi. Yoki 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling