Baxtiyor mengliyev


A.Erkayev. Tafakkur erkinligi. – Toshkent: Ma


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

A.Erkayev. Tafakkur erkinligi. – Toshkent: Ma

naviyat, 2007 
122


aloqador bo‘lmagan kontekstual hodisalar bilan «boyitilgan», 
nutqda voqelanish uchun shakllantirilgan bo‘ladi. Leksemaning 
«boy»ligi «o‘ziniki»dir. So‘z esa, aytilganidek, o‘z asosidagi 
leksemaga tegishli bo‘lmagan boshqa nolug‘aviy omillar – fonetik, 
morfologik, sintaktik uslubiy mohiyatlar hamda nolisoniy hodisa 
zarralarini biriktirib, o‘ziga tegishli bo‘lmagan hodisalar hisobiga 
«boyiydi».
Mantiqiy mushohada uchun 
Birlashtiruvchi belgisini toping: 
1)kitob, ma’rifat, vatan... 
2)suv, tog‘, ish, qara...
Qatorni davom ettiring va tushuntiring. 
Aytilganlar asosida leksema va so‘zga shunday ta’rif berish 
mumkin. Leksema – ma’lum bir til jamiyati a’zolari ongida tayyor, 
umumiy va majburiy, shakl va ma’no birligidan iborat
yaxlitlangan, borliqdagi harakat, narsa-predmet, belgi, miqdor 
kabilarni 
bildiruvchi 
tushunchalar 
va 
munosabatlarni 
ifodalaydigan, nutqda so‘zlarni va grammatik qo‘shimchalarni 
biriktiradigan lisoniy birlik. Leksema va so‘z yasash qoliplarining 
nutqda reallashgan aniq shakl va ma’noga ega bo‘lgan muayyan 
ko‘rinishi – so‘z. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
1.Leksema talqinlari haqida gapiring. 
2.O‘zbek tilidagi leksemalar morfemalardan qanday farqlanadi? 
3.Yordamchi leksemalar nega leksema? 
4.Leksemaning tayyorligi deganda nimani tushunasiz? 
5.Tilda yasama leksema ham mavjud. Ushbu hukm to‘g‘rimi? 
6.Denotativ ma’no deganda nimani tushunasiz? 
 
 
 
123


Test 
1. Tilda bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llanuvchi bir nechta 
leksema qanday nomlanadi? A) ko‘p ma’noli leksemalar B) 
omonimlar C ) sinonimlar D) antonimlar.
2. Qaysi leksemalar leksik (lug‘aviy) ma’noga ega? A) 
mustaqil leksemalar B) yordamchi leksemalar C) undov va 
taqlidlar D) mustaqil, undov va taqlidlar. 
3.So‘z boyligi, asosiy lug‘at tarkibi, ularning ma’no turlari, so‘z 
ma’nolarining 
ifodalanish 
yo‘llarini 
o‘rganuvchi 
bo‘lim 
tilshunoslikning qaysi bo‘limi? A) Leksikografiya B) Orfografiya 
C) Orfoepiya D ) Leksikologiya.
4. Semasiologiyaning o‘rganish obyekti nima? A) So‘zning 
semantik taraqqiyoti B) So‘zdagi tovush o‘zgarishlari C) Til 
birliklarining o‘zaro ma’noviy xossalari D ) So‘zning ma’no 
xussusiyatlari.
5. So‘zning obyektiv borliqdagi narsa va hodisalar haqidagi 
dastlabki ma’nosiga nima deyiladi? A) ko‘chma ma’no B) 
grammatik ma’no C) qo‘shma ma’no D ) leksik ma’no.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling