Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
paradigmatik
va sintagmatik munosabat asosida yashashi. Leksema til jamiyati a’zolari ongida boshqa leksema bilan o‘xshashlik qatori (paradigmalar) hosil qilgan holda mavjud bo‘ladi. Masalan, o‘g‘il leksemasi bir tomondan ota, ona leksemalari bilan, ikkinchi tomondan qiz leksemasi bilan paradigma hosil qilib yashaydi. Paradigmadagi bir a’zoning mohiyati unga paradigmadosh boshqa a’zoning mohiyatiga qiyosan olinadi, unga munosabatda bo‘ladi. Masalan, aka leksemasi uka, singil, opa leksemalari bilan paradigma hosil qilar ekan, bunda ularning umumiy belgisi bu leksemalarni bir paradigmaga solsa, farqli belgilari mustaqilliklarini ta’minlaydi. Lisoniy birliklar orasidagi bunday bir-biriga ishora qilib, eslatib turuvchi belgilar, munosabatlar assotsiativ munosabat ham deyiladi. aka leksemasining mohiyati uka leksemasining mohiyatiga qiyosan belgilanadi. Qiyos esa eslatish, eslash, yonma- yon qo‘yish munosabatidir. Leksemalar mohiyatida sintagmatik munosabat ham mujassam. Masalan, daftar leksemasi nutqda yirtmoq, yozmoq leksemalari bilan bir tomondan, morfologik shakl va so‘z yasovchi qo‘shimcha bilan ikkinchi tomondan birikuv hosil qiladi. Bu voqelanish leksemada imkoniyat sifatida mavjud. Aytilgan birlik bilan yuz bergan aloqa leksema mohiyatida imkoniyat sifatida yashirin. So‘zlovchi nutq jarayonida zarur bo‘lgan birlikni o‘xshash va farqli belgilari asosida paradigmadan tanlab, sintagmatik imkoniyati doirasida nutqda turli-tuman kombinatsiya hosil qiladi. Nutqda leksemaning mohiyati hech qachon to‘la-to‘kis voqelanmaganligi kabi sintagmatik imkoniyatning ham faqat zaruri voqelikka aylanadi. Zero, dialektika uqtirganidek, mohiyat bir hodisada bus-butun yuzaga chiqmaydi, imkoniyat to‘la voqelanmaydi. Nutqiy voqelanish uning bir zarrasi, xolos. Leksema so‘zdan boyroq va kengroq. Biroq so‘z nutqda turli «begona» – bevosita leksemaga aloqador bo‘lgan lisoniy va 9 Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling