Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Izhor nazariyasi. Bu nazariyaning asoschisi Al-Ashafiy deya 
e’tirof etiladi. Biroq bu ta’limot undan-da ilgari Abu Ali al-Jubba’ 
ishlaridayoq ilgari surilgan edi. Izhor nazariyasining asosini 
qur’oniy ta’limot – til va so‘zlarni Alloh Odamga tayyor holda 
in’om etganligi, izhor etganligi tashkil qiladi. IX asrda rasmiy 
islomiy ilohiyotda – Kalomda izhor nazariyasi qabul qilinib
mutazalliylar yon bosgan ijtimoiy kelishuv nazariyasi shakkoklik 
sifatida qoralandi.
Ilhom 
nazariyasi
Bu 
ta’limotga 
ko‘ra, 
birinchidan, 
insoniyatning birinchi umumiy tili – arab tili bo‘lgan va u Alloh 
tomonidan yaratilgan. Olloh bu tilning butun boyligini Odam 
Atoga birdaniga bermagan – Tangri izhorlarining mahsuli bo‘lgan 
arab tili asoslari bilan oz miqdordagi leksika Odamga berilgan. 
Keyinroq esa zarurat asosida barcha qabilalarga qo‘shimcha 
ravishda 
berib 
borilgan 
va 
boyitilib-boyitilib, 
faqatgina 
Muhammad alayhissalomga tilning butun boyligi ma’lum qilingan.
Bu islomiy nazariyalarning barchasida tilning rivojlanish 
manbayi ikkita – Alloh va odam, jamiyat ehtiyojlari. Alloh tilni
uning ichki qonuniyatlarini belgilagan va Odamga berganligi 
haqida qarashlar ustuvorlik qiladi.
Ijtimoiy kelishuv nazariyasi. Ayrim qarashlarga ko‘ra, Odam 
farzandlari hayot va jamiyat ehtiyojlari asosida tilni Alloh 
belgilagan qonuniyatlar (yangi so‘zlar yasash, boshqa tillardan so‘z 
qabul qilish, so‘z va qo‘shimchalarni boshqa – ko‘chma 
ma’nolarda qo‘llash, ijtimoiy kelishuv, shoir, voiz va adiblar 
nutqining ta’siri kabilar) asosida boyitib, o‘z ehtiyojlariga 
moslashtirganlar. 
Jumladan, 
Al-Harasiy 
ijtimoiy 
kelishuv 
nazariyasi borasida ta’kidlashicha, jamiyatda til predmet va 
tushunchalarga ishora qilish, shuningdek, fikrni bir-biriga ma’lum 
149


qilish uchun kerak bo‘lgan. Dastlab til faqat undoshdan iborat edi, 
biroq keyinroq odamlar ikki, uch, to‘rt, besh undosh va unlilardan 
iborat bo‘g‘in va affikslar hosil qilganlar va nihoyat til yaratilgan
12
.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling