Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Vazifadoshlik 
– semema vujudga kelishining asosiy 
yo‘llaridan biri. Vazifadoshlik asosida semema vujudga kelishi 
ham, metaforada bo‘lgani kabi, o‘xshashlikka asoslanadi. Biroq 
metaforada 
tashqi 
ko‘rinishdagi 
o‘xshashlikka asoslanilsa, 
vazifadoshlikda bajariladigan vazifaning o‘xshashligi asosida yangi 
ma’no vujudga keladi. Masalan, dastlab kamonning paykoni o‘q 
deb atalgan. Miltiq kashf etilgach, uning porox to‘ldirilgan pistonli 
gilzasi ham paykonniki kabi vazifani bajarganligi bois o‘q deb 
ataladi. Rus tilidagi pero (pat) so‘zi ham shunday ma’noviy 
taraqqiyotga ega. Ma’lum bo‘ladiki, vazifadoshlik asosida vujudga 
kelgan hosila ma’no nafaqat mustaqil semema darajasiga yetadi, 
balki o‘ziga asos bo‘lgan bosh, asosiy sememadan ham ko‘ra 
faollashib, qo‘llanish doirasi kengayib ketadi. Masalan, ilgari 
ko‘mir so‘zi “ko‘mib yondirish yo‘li bilan o‘tindan tayyorlangan 
yoqilg‘i” sememasiga ega edi. Bugungi kunda bu semema 
tarixiylashib, u “yer qatlamida tabiiy yo‘l bilan hosil bo‘lgan qattiq 
va qora rangli yoqilg‘i” hosila sememasi bilan tilimizda yashaydi. 
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Ifodalarning evfemik imkoniyati 
Sharqda muloqot madaniyati nafaqat nutqda, balki yozma 
manbalarda ham o‘zning kuchli ifodasiga ega bo‘lgan. Qur’on 
oyatlarida ham bu hodisa (ya’ni tabu (aytish noqulay so‘z) o‘rnida 
qo‘llangan “yumshoq” ifoda – evfemizm) mavjudligi kuzatiladi. 
Arab tilidagi ma’oriz atamasi evfemizm tushunchasiga to‘la mos 
keladi. Ma’oriz muloqot madaniyati muhitida “ishora qilib 
gapirish” ma’nosida tushuniladi. Aytilishi noqulay bir so‘z o‘rniga 
boshqa so‘zni ishlatib, asl maqsadni ochiq aytmay, “to‘n kiydirib” 
159


gapirish ta’rifini olgan bu so‘z ba’zan ta’riz ham deyiladi. Ular – 
o‘zakdosh. Shunday Hadisi sharif bor: 
“Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z safarlaridan birida 
edilar. Sarbon xirgoyi boshladi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi 
vasallam: 
“Muloyim bo‘l! Hoy Anjasha! Billurlarni ehtiyot qil!” dedilar”. 
Hadisning mazmuni shunday. Rasululloh vidolashuv haji safariga 
ketayotganlarida sarbon – karvonni boshlab ketayotgan tuyakash 
xirgoyi qilib qolibdi. Bu arab karvonboshilariga xos odat bo‘lib, 
karvondagi tuyalar o‘sha xirgoyining maromiga qarab qadam 
tashlashga o‘rganar ekan. Sarbonning xirgoyisiga qarab, tuyalar 
tezroq yoki sekinroq yurishi ham mumkin. Rasululloh billurlar deb 
shu karvonda birga ketayotgan onalarini nazarda tutganlar. 
Karvondagi ayollar xavdaj deb nomlangan chodir tutilgan
egarning ustiga mahkamlangan maxsus o‘rindiqda yurardilar. Tuya 
tez yurganda xavdajlar qattiq silkinib, ayollarga biroz noqulaylik 
tug‘diradi. Shuning uchun Rasululloh sallallohu alayhi vasallam 
sarbonga tuyalarni shoshirmaslikni buyurib, buni ta’riz, ya’ni 
go‘zal ibora bilan ifodalagan.
Ko‘rinadiki, evfemizmlarning qo‘llanishi muloqot madaniyati 
darajasini ko‘rsatuvchi hodisalardan bo‘lib, unga muloqot 
madaniyati ko‘zgusi orqali munosabatda bo‘lish lozim. 
Eslatib o‘tish joizki, аyrim hollarda metafora va vazifadoshlik, 
metonimiya va sinekdoxa hodisalari orasiga qat’iy chegara qo‘yib 
bo‘lmaydi. 
Shuning 
uchun 
tilshunoslikda 
metafora 
va 
vazifadoshlikni birlashtirib, metafora, metonimiya va sinekdoxani 
birlashtirib, metonimiya sifatida qarash kerakligi haqidagi fikrlar 
ham mavjud. 
Ma’lum bo‘ladiki, leksema semantikasidagi lisoniy o‘zgarish 
quyidagi natijalarga olib keladi: 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling