Baxtiyor mengliyev
Meva: olma – o‘rik – shaftoli – behi. Daraxt
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
Meva: olma – o‘rik – shaftoli – behi.
Daraxt: olma – o‘rik – shaftoli – behi. Daraxt giperonimi tur tushunchasini ifodalovchi leksema sifatida, birinchi navbatda, shu turning jinsini bildiruvchi so‘z bilan bog‘lanadi. Daraxt leksemasi uning jinsi nomi o‘rnida qo‘llanishi ham mumkin. Lekin giperonim giponim o‘rnida qo‘llanganda uning mohiyatini yorqin ifodalay olmaydi. Shu boisdan o‘z oldidan giponimni aniqlovchi sifatida qabul qiladi: o‘rik daraxti, shaftoli daraxti kabi. Giponim leksemaning sememasi giponim leksemalar uchun birlashtiruvchi sema bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, daraxt giperonim leksemasining sememasi “tanasidan shoxlanuvchi o‘simlik” bo‘lib, “qizil, yashil yoki sariq rangli yong‘oqdan piyolagacha bo‘lgan hajmdagi sersuv meva beruvchi daraxt” sememasiga ega olma leksemasining “daraxt” semasi – daraxt giperonim leksemasi semasining sememalashgan ko‘rinishi. Giperonimning ma’nosi giponim leksemanikiga nisbatan kengroq va “xiraroq” (noaniqroq), giponim leksemaning ma’nosi esa giperonimnikiga nisbatan torroq va “yorqinroq”. Shu boisdan, aytish mumkinki, giperonimning ma’noviy mohiyati barcha giponimining ma’noviy mohiyati yig‘indisiga teng. Aytilganidek, daraxt mevali va mevasiz daraxtga bo‘linadi. Demak, borliqdagi bu bo‘linish giponimiya hodisasi sifatida tilda ham aks etadi. Lekin daraxtning mevali va mevasiz turini ataydigan alohida leksema o‘zbek tilida yo‘q. Demak, giponimning o‘rni bo‘sh bo‘lib, ular leksik lakuna (bo‘shliq) hosil qiladi. Leksik lakunani turli nutqiy nominativ birlik to‘ldiraverishi mumkin (Masalan: mevali daraxt va mevasiz daraxt so‘z birikmalari). Har bir gipo-giperonimik qator cheklanmagan miqdorda lug‘aviy lakunaga ega bo‘ladi. Bu bo‘shliq ayni bir turning turli belgisi bilan cheklanmagan miqdorda to‘lib borish imkoniyatiga ega. Masalan, 10 ta uzum nomini biluvchi odam uchun o‘zbek tilidagi 600 ta uzum navi nomining 590 tasi lug‘aviy lakuna 174 hisoblanadi. Demak, lakunalar ijtimoiy ham (“mevali daraxt” va “mevasiz daraxt” tushunchasini ifodalovchi leksemalar), individual ham (mavjud leksemani ma’lum bir kishining bilmasligi) bo‘lishi mumkin. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling