Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Argo (fransuzcha argot – “lahja”) ayrim profеssional yoki 
ijtimoiy guruhning o‘ziga xos tili. Argo bir nеcha til unsuridan iborat 
qorishiq va ko‘p holda, boshqaga tushunarsiz nutq ko‘rinishida 
namoyon bo‘ladi. Argo tili o‘z grammatikasiga ega emas. Unda 
umumxalq tili grammatikasiga tayaniladi. Argo ikki maqsadning biri 
uchun qo‘llaniladi: 
1) fikrni sir tutish
2) o‘zini ajratib ko‘rsatish. 
Argo umumxalq tilidan maxsus lеksikasi va frazеologiyasi hamda 
yasovchi vositasining o‘ziga xosligi bilan farqlanadi: 
1) otarchilar argosi: yakan (pul), hasut (non); 
2) o‘g‘rilar argosi: xurmo (buxoro tillo tangasi), shirmach 
(kissavur), krot (metrodagi kissavur) 
3) mahbuslar argosi: maymun (oyna), timsoh (qaychi), oq kaptar 
(gеroin), yashil (militsionеr); ksiva (xat). 
Jargon va argo terminlarini almashtirib qo‘llash holatlari ham 
uchraydi. 
Jargon va argolarning eng muhim xususiyati ularning davr o‘tishi 
bilan tez-tez yangilanib turishidir. Masalan, o‘n yil oldingi jargon yoki 
185


argo bugungi kunda qo‘llanmasligi, o‘rnini boshqa unsurlarga 
bo‘shatib berishi mumkin.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
“Quyushqon” 
- Mumkinmi? Salom! 
Ruxsatingiz bilan o‘zimni tanishtirsam... Men, k sojaleniyu, 
sizning sochineniyalaringizni o‘qigan emasman. Xotya eshitganman. 
V asnavnom, mamashkalar to‘g‘risida yozarkansiz. 
Mening ham to‘rtta bolam bor... Nima? “Unaqaga o‘xshamaydi-
ku”, deysizmi? Rahmat, kompliment uchun! Hamma shunaqa deydi. 
Men mamamga o‘xshayman. Mamam oltmish yoshidayam appetitniy 
edi. Kak kukolka! 
Kechirasiz, 
olovingiz 
bormi?.. 
Yo‘q-yo‘q, 
men «More» 
chekaman... Senkyu! Zajigalkangizga gap yo‘q! 
Itak, to‘rtta bolam bor. Maratik – Nukusda. Internatda. Yoshi... 
minutochku… Yoshi pomoyemu... o‘n to‘rtda. Shu yil o‘n to‘rtga 
kiradi. Papasiga o‘xshagan krasavchik, Maratik! Smugliyligi, 
ko‘zlarining razrezi... Papasi bilan birinchi vstrechamiz praktikaga 
borganimda bo‘lgan. Zam ministr edi. Shunaqa abayatelniy, shunaqa 
intelligentniy!.. Ikki yilcha turdik.. Sivilizovanniy ajrashdik. 
To‘g‘risini aytdi. “Jannochka dedi, jonim dedi, dorogusha dedi
buyog‘i prokol bo‘ladiganga o‘xshaydi, xotinim jaloba yozibdi, 
dvoyejonstva uchun partiyadan o‘chirishlari mumkin”, dedi. Bilasiz, u 
paytda bunaqa masalalar strogiy edi. “Maratik uchun volnavatsa 
qilma, o‘zim opekamga olaman, sen Toshkentga ketaver, tez-tez borib 
turaman” dedi. “O-key” dedim... 
...Nigorochka 
– Samarqandda. Tois, Nigorochka emas, 
Nargizochka! Nigorochka – Qo‘qonda... 
Gde-to ikki yil oldin Samarqandga bordim. Nargizochkaning 
detdomiga kirdim. Detdom – tak sebe, ammo direktori nishtyak ekan! 
Dilda! Bo‘yi pachti ikki metr! “Bratan, dedim, Nargizochkadan xabar 
olishim qiyin, ishim ko‘p”, dedim. “Xotirjam bo‘ling, Nargizochkaga 
o‘zim otalik qilaman”, dedi. Uch kun mehmon bo‘ldim. Kr-r-rutoy 
erkak ekan! Molodets!
Kstati... Dubayda bo‘lganmisiz? Obyazatelno boring! Texnika – 
pachti darom! Tilla – navalom! Arablar temperamentniy bo‘... nu 
mayli, bunisi nevajno… 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling