Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malibu
- Qo‘llanish doirasi chеgaralangan leksemalar.
- Mustaqil o‘zlashtirish uchun So‘z xaridori
Mantiqiy mushohada uchun
Neхia so‘zi inglizcha next (“navbatdagi”) so‘zidan kelib chiqqan. Matiz quyidagi so‘zlarning bosh harflaridan olingan: marvel – “mo‘jiza”, attraсtion – “yoqimli, tiny – “chaqaloq”, infatuate – “hayratli”, zoom – “uchqur”. Malibu – AQShning Kaliforniya shtatidagi shahar nomi. So‘z anglo-sakson tiliga mansub bo‘lib, “baland yangramoq” ma’nosini ifodalaydi. Izohlarga variantingiz bormi? Internet lug‘atlaridan foydalanib, “Lasetti”, “Damas”, “Spark”, “Сobalt” so‘zlarining ham ma’nolarini toping. Faollashgan leksemalar bir vaqt istе’moldan chiqib kеtgan va bugungi kunda qayta qo‘llana boshlagan: hokim, viloyat, tuman, oqsoqol, sardor kabi. Qo‘llanish doirasi chеgaralangan leksemalar. Qo‘llanilish doirasi chеgaralangan leksemalarni uchga bo‘lib o‘rganish mumkin: a) shеvaga xos leksemalar; b) tеrmin (atama); v) argo va jargon. 182 Mustaqil o‘zlashtirish uchun So‘z xaridori Atoqli tilshunos Aleksey Aleksandrovich Shaxmatov (1864–1920) bolaligidan tillarga qiziqardi. Аlyosha haqiqiy vunderkind edi. Bola yoshligidan yetim o‘sdi. Uni xolasi tarbiyaladi. Xorijiy tillar – ingliz, nemis, lotin tillarini o‘rganishiga sharoit yaratib berdi. Bolada tabiat ato etgan yorqin filologik iste’dod bor edi. U tillarga shunday qiziqib ketdiki, hatto o‘rtoqlaridan so‘zlarni “sotib oladigan bo‘ldi”. Gimnaziyada o‘qib yurganida u shunday hisob-kitob olib borgan: «50 ta sanskrit va 3 ta got so‘ziga – 60 ta island so‘zini oldim. 40 ta forscha va 8 ta arabcha so‘zga 50 ta fin va litva, 257 qadimgi german so‘ziga 60 ta kam uchraydigan got so‘zini almashtirdim”. Alyosha har xil tillarning so‘zlarini yig‘ib, o‘rtoqlari bilan almashtirar edi. Bora- bora gimnaziyada bu o‘yinga qo‘shilmagan o‘quvuchi qolmadi. Bolalikdagi sevimli mashg‘uloti – o‘qish va so‘zlarni to‘plash – uning kelajakdagi filologik tadqiqotlari uchun poydevor bo‘ldi. “Qadimgi rus matnlarining tanqidiga doir” degan maqolasini e’lon qilganida hali 17 yoshli gimnaziya o‘quvchisi edi. Moskva davlat universitetida o‘qib yurgan paytida bir amallab topgan pullarini sarflab ta’til paytlari rus xalq og‘zaki ijodi, xalq so‘zlarini to‘plash bilan shug‘ullanar edi. Sutkasiga 10-12 soatlab ishlar edi. Qisqa vaqt ichida Aleksey Shaxmatov Rossiyadagi eng yosh va talantli filolog sifatida tanildi. “Rus fonetikasi sohasidagi tadqiqotlar” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi monografiyasi uchun 1894-yilning 12-martida 29 yoshli tadqiqotchiga Moskva davlat universiteti ilmiy kengashi bir ovozdan rus tili va rus so‘zshunosligi doktori ilmiy darajasini berdi. Bungacha hali rus filologiyasi bunday hodisani ko‘rmagan edi! A.A.Shaxmatov nafaqat filologiya bo‘yicha eng yosh fan doktori, balki Peterburg Fanlar akademiyasi tarixida eng yosh akademik ham bo‘ldi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling