Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mantiqiy mushohada uchun 
Neхia so‘zi inglizcha next (“navbatdagi”) so‘zidan kelib chiqqan.
Matiz quyidagi so‘zlarning bosh harflaridan olingan: marvel – 
“mo‘jiza”, attraсtion – “yoqimli, tiny – “chaqaloq”, infatuate – 
“hayratli”, zoom – “uchqur”. 
Malibu – AQShning Kaliforniya shtatidagi shahar nomi. So‘z 
anglo-sakson tiliga mansub bo‘lib, “baland yangramoq” ma’nosini 
ifodalaydi. 
Izohlarga variantingiz bormi? 
Internet lug‘atlaridan foydalanib, “Lasetti”, “Damas”, “Spark”, 
“Сobalt” so‘zlarining ham ma’nolarini toping. 
Faollashgan leksemalar bir vaqt istе’moldan chiqib kеtgan va 
bugungi kunda qayta qo‘llana boshlagan: hokim, viloyat, tuman, 
oqsoqol, sardor kabi.
Qo‘llanish doirasi chеgaralangan leksemalar. Qo‘llanilish 
doirasi chеgaralangan leksemalarni uchga bo‘lib o‘rganish mumkin: 
a) shеvaga xos leksemalar
b) tеrmin (atama); 
v) argo va jargon. 
182


Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
So‘z xaridori 
Atoqli tilshunos Aleksey Aleksandrovich Shaxmatov (1864–1920) 
bolaligidan tillarga qiziqardi. Аlyosha haqiqiy vunderkind edi.
Bola yoshligidan yetim o‘sdi. Uni xolasi tarbiyaladi. Xorijiy tillar 
– ingliz, nemis, lotin tillarini o‘rganishiga sharoit yaratib berdi. Bolada 
tabiat ato etgan yorqin filologik iste’dod bor edi. U tillarga shunday 
qiziqib ketdiki, hatto o‘rtoqlaridan so‘zlarni “sotib oladigan bo‘ldi”. 
Gimnaziyada o‘qib yurganida u shunday hisob-kitob olib borgan: «50 
ta sanskrit va 3 ta got so‘ziga – 60 ta island so‘zini oldim. 40 ta 
forscha va 8 ta arabcha so‘zga 50 ta fin va litva, 257 qadimgi german 
so‘ziga 60 ta kam uchraydigan got so‘zini almashtirdim”. Alyosha har 
xil tillarning so‘zlarini yig‘ib, o‘rtoqlari bilan almashtirar edi. Bora-
bora gimnaziyada bu o‘yinga qo‘shilmagan o‘quvuchi qolmadi.
Bolalikdagi sevimli mashg‘uloti – o‘qish va so‘zlarni to‘plash – 
uning kelajakdagi filologik tadqiqotlari uchun poydevor bo‘ldi. 
“Qadimgi rus matnlarining tanqidiga doir” degan maqolasini e’lon 
qilganida hali 17 yoshli gimnaziya o‘quvchisi edi.
Moskva davlat universitetida o‘qib yurgan paytida bir amallab 
topgan pullarini sarflab ta’til paytlari rus xalq og‘zaki ijodi, xalq 
so‘zlarini to‘plash bilan shug‘ullanar edi. Sutkasiga 10-12 soatlab 
ishlar edi.
Qisqa vaqt ichida Aleksey Shaxmatov Rossiyadagi eng yosh va 
talantli filolog sifatida tanildi. 
“Rus fonetikasi sohasidagi tadqiqotlar” mavzusidagi magistrlik 
dissertatsiyasi monografiyasi uchun 1894-yilning 12-martida 29 yoshli 
tadqiqotchiga Moskva davlat universiteti ilmiy kengashi bir ovozdan 
rus tili va rus so‘zshunosligi doktori ilmiy darajasini berdi. Bungacha 
hali rus filologiyasi bunday hodisani ko‘rmagan edi!
A.A.Shaxmatov nafaqat filologiya bo‘yicha eng yosh fan doktori, 
balki Peterburg Fanlar akademiyasi tarixida eng yosh akademik ham 
bo‘ldi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling