Test
1.
Soyaga qarab to‘n bichma maqolidagi
to‘n bichmoq iborasining
ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? A) andaza olmoq B)
rag‘batlantirmaslik C) xato ish qilmoq D) baho bermoq.
2. Qaysi iboralar
og‘ziga tolqon solmoq iborasi bilan mazmunan
yaqin? 1) mum tishlamoq; 2)
lom-mim demaslik; 3)
og‘ziga qoqmoq;
4)
og‘ziga qatiq uyutmoq; 5)
og‘ziga olmaslik; 6)
damini chiqarmaslik
A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 2, 6 C) 1, 2, 3, 6 D) 1, 2, 5, 6.
3. Qaysi qatorda tasviriy ifoda ma’nosi noto‘g‘ri berilgan? A)
Traktor – po‘lat etak B)
Pomir – dunyo tomi C)
Farg‘ona – yashil
vodiy D)
Pilla – kumush tola.
4. Qaysi tasviriy ifodalar muqobili noto‘g‘ri berilgan? A)
mo‘yqalam ustasi - rassom B)
kumush tola – paxta C)
barcha tasviriy
ifodalar muqobili to‘g‘ri berilgan D)
so‘z san’tkori – yozuvchi.
Glossariy
barqaror birikma – sintaktik qurilma ko‘rinishidagi ko‘chma
ma’noli lisoniy birlik
maqol – gap shaklidagi,
tugal hukm ifodalaydigan, xalq
donishmandligi mahsuli bo‘lgan, barqaror til birligi
matal – to‘g‘ri ma’no
ifodalamaydigan obrazli ifoda, tugal
shaklga ega bo‘lmagan
hikmatli birikma
ibora – qismlari qat’iy bir qolipga kirib,
barqarorlashgan,
ko‘chma ma’no anglatib, gapda butunligicha bir bo‘lak
vazifasida
kеladigan, obrazli, jozibali barqaror birikma
Do'stlaringiz bilan baham: