Baxtiyor mengliyev
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxtiyor mengliyev
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Ilk so‘zlarning paydo bo‘lishida fonetik omillar Tilning paydo bo‘lishi va so‘zlarning paydo bo‘lishi boshqa- boshqa hodisa. Bugungi kunda paydo bo‘layotgan, qanday paydo bo‘lganligi bizga ma’lum so‘zlar mavjud nazariyalar tilning emas, balki so‘zlarning paydo bo‘lishiga daxldor ekanligini ko‘rsatadi. Ayrim so‘zlarning taqlid asosida, boshqasining ijtimoiy kelishuv asosida paydo bo‘lganligini hech kim inkor qilmasligi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Insoniyatning umrini ham inson umriga qiyoslash mumkin. Insonda go‘daklik, bolalik, o‘spirinlik, o‘smirlik, o‘rta yoshlik va keksalik bo‘lganligi kabi insoniyat ham shakllanish va undan keyingi davrlarga ega. Ma’lumki, bola nutqining psixolingvistik xususiyatlarini tadqiq etgan mutaxassislarning aniqlashlaricha, bola to‘rt oyligidanoq nutq vazifasini, o‘ta jo‘n bir tarzda bo‘lsa-da, bajaridan turli tovushlar chiqara boshlaydi (“u-u-u”, “m-m-u”, “m- m-a”, “g‘u-u-v” kabi). ... Bolaning tili chiqayotgan davrda uning “lug‘at boyligi”dagi asosiy qismni taqlidiy “so‘z”lar tashkil etadi, bu tabiiy hol, albatta. Zotan, bolaning tili boshqalarga taqlid yo‘li bilan chiqadi va sekin- asta ularning o‘rnini odatdagi so‘zlar egallay boradi. Demak, insoniyat tilining ham dastlabgi lug‘ati taqlid so‘zlardir. To‘g‘ri, so‘zlarning paydo bo‘lishiga nisbatan mavjud nazariyalarning qaysidir bittasiga ustuvorlik berib bo‘lmaydi. Lekin ularning birortasini noto‘g‘ri deb ham bo‘lmaydi. Zero, so‘zlar turli asosda paydo bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, turli milliy tillarda so‘zlarning paydo bo‘lishida ularning o‘rni va roli ham turlicha. Zero, millatlarning nigohlari ham milliy bo‘lib, ularning biri bir narsaning ma’lum bir tomoniga boshqasiga nisbatan ko‘proq e’tibor beradi va bu e’tibor natijasi o‘laroq bir hodisa turli tillarda turlicha nomlanadi. Insonning nutq tovushlarini qayd etish ehtiyoji tilshunoslikning fonetika va fonologiya sohalari shakllanishi va rivojiga ta’sir ko‘rsatdi. Tilshunoslar dastlab talaffuzdagi nutq tovushlarini tekshirib, tahlil qila boshlaganlar. Bu tovushlar sezgi a’zolariga ta’sir qilib, avvalo, tovushlarning akustik, undan so‘ng 83 artikulyatsion jihatlari e’tiborni torta boshlagan. Fan taraqqiy etishi bilan nutq tovushlaridagi xususiy va umumiy jihatlar farqlana boshlagan. Qizig‘i shundaki, til sohiblari (mutaxassislardan tashqari) tildagi tovushlar haqida hech qanday bilimga ega bo‘lmasalar-da, bu ularning nutq tovushlarini talaffuz qilishlari, so‘zlarni aytib fikr ifodalashlariga monelik qilmaydi. Tilimizdagi so‘zlarga e’tibor bering: quloq, buloq, ulug‘, g‘ulu, gul, munchoq, ushbu, turshak va h. So‘zlardagi har bir (u) tovushi o‘ziga xos. Ular talaffuzimizda har xil jaranglasa-da, bitta harf bilan yozamiz va ilmiy talqinlarda – darslik va qo‘llanmalarda bitta [u] haqida so‘z yuritamiz. “Yo‘q” ma’nosini ifodalash uchun tilimizni tishimizga keskin tayab, qandaydir churqillashga o‘xshash ovoz chiqaramiz. Yoki dunyo bo‘yicha barcha itlar bir xil vovillab, mushuklar bir xil miyovlashsa-da, ularni turli til sohiblari turlicha aytib, turlicha yozishadi. Bu va bu kabi muammolar bilan tilshunoslik, tilshunoslikning tovushlar haqidagi sohasi bo‘yicha mutaxassislar shug‘ullanishadi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling