Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxtiyor mengliyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zlashtiriladigan tushunchalar
IKKINCHI FASL
FONETIK-FONOLOGIK SATH 8-§. Fonologiya va uning o‘rganish obyekti Tayanch tushunchalar til sathlari, lison, nutq, lisoniy sath, nutqiy sath, til birligi, lisoniy birlik, nutqiy birlik O‘zlashtiriladigan tushunchalar fonetika, tovush, nutq tovush, tovushning akustik jihati, tovushning fiziologik jihati, tovushning sotsial jihati, fonema, fonetik paradigma, bir o‘lchovli ziddiyat, ko‘p o‘lchovli ziddiyat, muntazam ziddiyat, ajralgan ziddiyat Nutqimizdagi har bir so‘z o‘z fonetik “to‘n”iga ega. Garchi alohida olingan tovush hech qanday ma’no anglatmasa-da, u ma’noli til birliklarining tashqi tomonini tashkil etib, ularni eshitiladigan tusga kiritadi. Og‘zaki nutqda eng asosiy til birligi – so‘z va tovush. Boshqa hodisalar so‘z ma’nosini ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladi. So‘z ma’no ifodalasa, tovush uni tinglovchiga yetkazadi. Tovushning tinglovchiga so‘z qiyofasiga solib ma’noni yetkazishi uning sotsial tomonidir. Tovushning hosil bo‘lish o‘rni, eshitilish va ma’no farqlash tomonlari mavjud. Tovushning fiziologik (artikulyatsion) va akustik (eshitilish) tomoniga doir xususiyatlari faqat tilshunos uchun ahamiyatli. Ma’no farqlash jihati esa so‘zlashuvchilar uchun ahamiyatli bo‘lib, ular bundan ongsiz ravishda foydalanadilar. Nutq tovushi ilk til birliklaridandir. Inson tili vositasida paydo bo‘lgan dastlabgi biologik tovushlar evolyutsiya natijasida inson tafakkuri rivojlanib borishi bilan sotsial (so‘z hosil qiluvchi, ma’no farqlovchi) tovushga aylanib borgan. Tillarning paydo bo‘lishidagi fonetik nazariyalar bejiz emas. Albatta, bunda masalani tillarning emas, balki so‘zlarning paydo bo‘lishi tarzida qo‘yilishi mavjud nazariyalarning barchasi to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi. 82 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling