fe’ldan anglashuvchi harakat bilan shug‘ullanuvchi shaxs qolipi mahsuli. Uni gap tarkibida kuzatamiz: 1. Yozuvchi hayotni teranroq kuzatadi. 2. Insho yozuvchi ijodkorligini namoyon qilishi kerak.
Birinchi
gapda
yozuvchi leksemasi
kasbni
anglatib,
ixtisoslashgan ma’noga ega. Ikkinchi gapda esa leksema muayyan
yozish
harakatini
bajaruvchi
shaxsni
ifodalagan.
“Adib”
ma’nosidagi yozuvchi leksemasi shaklan emas, balki ma’noviy
jihatdan qolipdan uzilgan, ixtisoslashgan ma’noli leksemadir.
Ikkinchi hosila esa ham shaklan, ham mazmunan qolipga muvofiq
kelganligi bois, nutqiy yasama so‘z hisoblanadi. Leksema hosil
bo‘lishining bu usuldagi boshqa ko‘rinishi sifatida so‘zning
atamaviy ma’no kasb etishi (qo‘shish, ayirish, bo‘lish so‘zlar)ni
ham ko‘rsatish mumkin.
131
Ixtisoslashgan leksemalar leksema hosil bo‘lishining eng quyi
darajasidir.