ishchi
1
– “umuman ish, jismoniy mehnat bilan
shug‘ullanuvchi kishi”;
ishchi 2 – “zavod va fabrikada dastgoh, apparatni
boshqaruvchi mutaxassis”.
Birinchi ifoda qolipning har ikki tomoniga shakl va ma’no
jihatidan mos bo‘lganligi uchun nutqiy so‘z hisoblanadi. Ikkinchi
ifoda esa qolipdan mazmunan uzilganligi uchun leksema
hisoblanadi. Birinchi so‘z ikkinchi leksemaning nutqiy hosilasi
emas. Ularni omonimlar sifatida qarash lozim.
Qolip hosilasi sifatida u qolipning chap tomoni xususiyatini
o‘zida mujassamlashtirgan. Chunki ishchi leksemasining shakliy
tomoni, ya’ni nomemasida qolipning ot + -chi umumiyligi zarrasi,
ko‘rinishi voqelangan. Leksema sememasi esa “shu otdan
anglashilgan narsa bilan shug‘ullanuvchi shaxs” mohiyati
ko‘rinishiga emas, balki uning toraygan, ma’lum bir ixtisosni
anglatuvchi ko‘rinishi holatiga ega bo‘lib qolgan. ishchi
leksemasiga qiyosan olinadigan, deylik, kitobchi so‘zida so‘z
yasash qolipining shakliy tomonidan ham, ma’noviy tomonidan
ham uzilish kuzatilmaydi. Yoki yozuvchi leksemasi va yozuvchi
so‘zini qiyoslaylik. Har ikkala hosila ham fe’l + uvchi = shu
Do'stlaringiz bilan baham: |