Har ikkala guruh so‘zlari ham yasama so‘z hisoblanadi. Biroq
birinchi guruh so‘zlari qulay, odatlanilgan, keng iste’molli bo‘lsa,
ikkinchi guruh unchalik qulay emasligi, kam iste’molliligi,
favquloddaligi bilan ajralib turadi.
Ko‘rinadiki, birinchi guruh ijtimoiylashganlik xossasiga ega va
shu boisdan yuqorida aytilgan belgilar ularning barchasi uchun
umumiy. Ikkinchi guruh birliklari esa nutqiy hodisa ekanligi,
endigina so‘z yasash qolipidan chiqqanligi bois, odatlanilmaganlik,
favquloddalik kasb etgan.
Nutqiy yasama so‘zning ayrimi nutqdagina mavjud bo‘lsa,
ba’zilari o‘zini chiqargan qolipdan uzoqlashib, bir butun holda
lisoniy sathga “ko‘tarilib ketgan” bo‘ladi.
So‘z yasash qolipi ham hosilasining lison
va nutqqa munosabati
jihatidan farqlanadi. Ularni unumsiz (tarixiy) va unumli
(zamonaviy) so‘z yasash qolipi sifatida farqlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: