Baxtiyor mengliyev
-§. Yasama so‘zlarning leksemalashuvi
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxtiyor mengliyev
13-§. Yasama so‘zlarning leksemalashuvi
Tayanch tushunchalar lison, nutq, lisoniy birlik, nutqiy birlik, leksema, so‘z, qolip, hosila O‘zlashtiriladigan tushunchalar lisoniylashuv, ixtisoslashish, soddalashish, tublashish Nutqiy yasama so‘zlarning lisoniylashuvi. Lisoniy birliklar, qanday bo‘lishidan qat’i nazar, nutqiy birliklar asosida shakllanadi. Shuningdek, tilshunoslarning lisoniy birliklarni ajratishi, tavsiflashi ham nutqiy birliklarga asoslangan holda kechadi. Masalan, [a] unli fonemasining mohiyati sifatida qaraluvchi “lablangan”, “quyi keng” belgilari nutqdagi (a) tovushlarini kuzatish, ulardagi har bir qo‘llanishda takrorlanadigan bir xil belgilar ajratib olinib, nutqdagi boshqa hodisalar – tovushlar, qo‘shimchalar, so‘zlar ta’sirida hosil bo‘ladigan, lekin doimiy bo‘lmagan, sharoit bilangina bog‘liq xususiyatlar e’tiborga olinmaydi. Masalan, tovushning cho‘ziq/qisqaligi, qattiq/yumshoqligi, yo‘g‘on/ingichkaligi, baland/pastligi kabi qator belgilar nutq sharoiti bilan bog‘liq o‘tkinchi xususiyatlardir. Ana shunday beqaror va o‘zgaruvchan jihatlar lisoniy birliklardagi umumiyliklarni tiklashda soqit qilinadi. 125 Shu tarzda lisoniy birlik tiklanadi. Barcha lisoniy birliklar mohiyatini ochish jarayoni shunday kechadi. Til taraqqiyoti davomida ming yillar davomida ham yangi fonema, morfema yoki qolip hosil bo‘lmaydi. Lekin tilning eng o‘zgaruvchan, borliq bilan eng zich bog‘langan leksika sathida yangi so‘zlar paydo bo‘lib, lisoniy sathdan peshma-pesh o‘rin olib boraveradi. Masalan, boshqa tildan o‘zlashayotgan so‘zlar qo‘llanish darajasi ma’lum me’yorga yetgach, lisoniylashadi. Mukammal lug‘atlar til lisoniy leksikasini o‘zida aks ettiruvchi xazinadir. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling