aloqador bo‘lmagan kontekstual hodisalar bilan «boyitilgan»,
nutqda voqelanish uchun shakllantirilgan bo‘ladi. Leksemaning
«boy»ligi «o‘ziniki»dir. So‘z esa, aytilganidek, o‘z asosidagi
leksemaga tegishli bo‘lmagan boshqa nolug‘aviy omillar – fonetik,
morfologik, sintaktik uslubiy mohiyatlar hamda nolisoniy hodisa
zarralarini biriktirib, o‘ziga tegishli bo‘lmagan hodisalar hisobiga
«boyiydi».
Mantiqiy mushohada uchun
Birlashtiruvchi belgisini toping:
1)kitob, ma’rifat, vatan...
2)suv, tog‘, ish, qara...
Qatorni davom ettiring va tushuntiring.
Aytilganlar asosida leksema va so‘zga shunday ta’rif berish
mumkin. Leksema – ma’lum bir til jamiyati a’zolari ongida tayyor,
umumiy va majburiy, shakl va ma’no birligidan iborat,
yaxlitlangan, borliqdagi harakat, narsa-predmet, belgi, miqdor
kabilarni
bildiruvchi
tushunchalar
va
munosabatlarni
ifodalaydigan, nutqda so‘zlarni va grammatik qo‘shimchalarni
biriktiradigan lisoniy birlik. Leksema va so‘z yasash qoliplarining
nutqda reallashgan aniq shakl va ma’noga ega bo‘lgan muayyan
ko‘rinishi – so‘z.
Do'stlaringiz bilan baham: