2.Sistemada hosil bo‘luvchi belgilar.
3.Sistemaga betaraf belgilar.
Buni hayotiy bir dalil bilan asoslaymiz. Deylik, oila bir sistema.
Uning tashkil etuvchilari, ya’ni elementlari ayol va erkak. Ayol va
erkak (elementlar) quyidagi belgilarga ega bo‘ladi:
1.Sistemani tashkil etuvchi belgi: turli jinsga mansublik.
2.Sistemada hosil bo‘luvchi belgilar: erlik va xotinlik.
3.Sistemaga betaraf belgilar: bu har bir oila sistemasida o‘ziga
xos bo‘lishi mumkin.
Har bir oila o‘ziga xos alohida sistema bo‘lganligi sababli
ularni tashkil etuvchi elementlarning yuqorida aytilgan uch belgisi
ham o‘ziga xos bo‘lishi mumkin. Masalan, bir oila uchun diniy
e’tiqod birinchi belgi bo‘lsa, u boshqa oila uchun uchinchi belgi
bo‘lishi mumkin.
Til sistemasi, uning ichki sistemalari ham xuddi shu qonuniyat
asosida qurilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: