Yo‘l-yo‘lakay bajarish uchun Mustaqil
ravishda
undosh
fonemalarning,
kelishik
sistemasining, WPm sistemasining elementlariga xos sistem
belgilarni aniqlashga harakat qiling.
Lisoniy paradigma turlari. Paradigma, qamroviga ko‘ra, katta
va kichik, tashqi va ichki paradigmalarga bo‘linadi. Bu
paradigmalar bir-biriga nisbatan olinadi. Masalan, undoshlar (katta
yoki tashqi) paradigmasi jarangli va jarangsiz undoshlar (kichik
yoki ichki) paradigmalariga bo‘linadi.
Fonemalar
sistemasi
fonetik (yoki
fonetik-fonologik)
paradigma deyiladi.
Semantik-grammatik umumiylikka ega bo‘lgan leksik birliklar
lug‘aviy paradigmani tashkil etadi. Sinonimik, antonimik,
graduonimik qatorga birlashgan leksemalar sistemasi, alohida
lug‘aviy
guruhlar
leksik
paradigmalardir.
Ular
yuqorida
paradigmaga qo‘yilgan talablarga to‘la javob beradi. Lug‘aviy-
mavzuviy to‘da, lug‘aviy-mazmuniy maydon, so‘z turkumlari ham
yirik (makro) paradigmani tashkil etadi.
51
Morfologik kategoriya (morfologik shakllar sistemasi) –
morfologik paradigmadir.
Sintaktik qoliplar sistemasi sintaktik paradigmani tashkil etadi.
Sintaktik paradigma ikkiga – gap paradigmasi va so‘z birikmasi
paradigmasiga bo‘linadi. Gap paradigmasining o‘zi ikki – sodda
gap qoliplari va qo‘shma gap qoliplari ichki (mikro) paradigmasiga
bo‘linadi.
Paradigmatik munosabat, assotsiativ munosabat tushunchalari,
odatda, sinonim ifodalar sifatida qo‘llanadi.