Leksema so‘zshakl, yasama so‘z sifatida nutqda yuzaga
chiqadi. Leksemani grammatik shakllantirish uni so‘zshakl
qiyofasiga kiritish (so‘z va so‘zshakl sinonim atama, chunki nutqda
grammatik shakllanmagan, so‘zshaklga aylanmagan so‘z yo‘q) va
undan nutqiy maqsad uchun ma’lum qoliplar asosida yasama
so‘zlar hosil qilish so‘zlovchining “so‘z tayyorlashi”dir.
Ma’lumki, yasama so‘zning ayrimlari nutq jarayonida yasaladi,
ayrimlari esa bir vaqtlar yasalgan, bugungi kunda hammamiz
uchun tayyor holga kelib, tub leksema qatoriga chiqib olgan.
Quyidagi uchta birlikni qiyoslang:
kitob kitobxon kitobchi Bu birlikdan ikkitasi – kitob va kitobxon ongimizda tayyor.
Кitobxon leksemasi aslida yasama, ammo bugungi kunda u
ongimizda leksema holida mavjud. Qatordagi kitobchi so‘zi
qandaydir g‘ayrioddiylikka ega. Chunki u nutqiy yasama so‘z
bo‘lib, leksema sirasiga o‘tmagan. Kitobchi so‘zi ham, ishchi 120
(“worker”, “рабочий”) so‘zi ham aslida [ot + chi = ot anglatmishi