Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/227
Sana02.01.2022
Hajmi1.62 Mb.
#184132
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   227
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

Leksemaning 
ongda 
paradigmatik 
va 
sintagmatik 
munosabat asosida yashashi. Leksema til jamiyati a’zolari ongida 
boshqa  leksema  bilan  o‘xshashlik  qatori  (paradigmalar)  hosil 
qilgan  holda  mavjud  bo‘ladi.  Masalan,  o‘g‘il  leksemasi  bir 
tomondan  ota,  ona  leksemalari  bilan,  ikkinchi  tomondan  qiz 
leksemasi bilan paradigma hosil qilib yashaydi. Paradigmadagi bir 
a’zoning  mohiyati  unga  paradigmadosh  boshqa  a’zoning 
mohiyatiga  qiyosan  olinadi,  unga  munosabatda  bo‘ladi.  Masalan, 
aka  leksemasi  uka,  singil,  opa  leksemalari  bilan  paradigma  hosil 
qilar  ekan,  bunda  ularning  umumiy  belgisi  bu  leksemalarni  bir 
paradigmaga  solsa,  farqli  belgilari  mustaqilliklarini  ta’minlaydi. 
Lisoniy  birliklar  orasidagi  bunday  bir-biriga  ishora  qilib,  eslatib 
turuvchi  belgilar,  munosabatlar  assotsiativ  munosabat  ham 
deyiladi. 
aka 
leksemasining 
mohiyati 
uka 
leksemasining 
mohiyatiga qiyosan belgilanadi. Qiyos esa eslatish, eslash, yonma-
yon qo‘yish munosabatidir.  
Leksemalar mohiyatida sintagmatik munosabat ham mujassam. 
Masalan,  daftar  leksemasi  nutqda  yirtmoq,  yozmoq  leksemalari 
bilan bir tomondan, morfologik shakl va so‘z yasovchi qo‘shimcha 
bilan  ikkinchi  tomondan  birikuv  hosil  qiladi.  Bu  voqelanish 
leksemada  imkoniyat  sifatida  mavjud.  Aytilgan  birlik  bilan  yuz 
bergan aloqa leksema mohiyatida imkoniyat sifatida yashirin. 
So‘zlovchi  nutq  jarayonida  zarur  bo‘lgan  birlikni  o‘xshash  va 
farqli  belgilari  asosida  paradigmadan  tanlab,  sintagmatik 
imkoniyati  doirasida  nutqda  turli-tuman  kombinatsiya  hosil  qiladi. 
Nutqda 
leksemaning 
mohiyati 
hech 
qachon 
to‘la-to‘kis 
voqelanmaganligi kabi sintagmatik imkoniyatning ham faqat zaruri 
voqelikka  aylanadi.  Zero,  dialektika  uqtirganidek,  mohiyat  bir 
hodisada 
bus-butun 
yuzaga 
chiqmaydi, 
imkoniyat 
to‘la 
voqelanmaydi. Nutqiy voqelanish uning bir zarrasi, xolos.  
Leksema  so‘zdan  boyroq  va  kengroq.  Biroq  so‘z  nutqda  turli 
«begona»  –  bevosita  leksemaga  aloqador  bo‘lgan  lisoniy  va 
                                                           
9
 A.Erkayev. Tafakkur erkinligi. – Toshkent: Ma

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling