Mustaqil o‘zlashtirish uchun Ma’no nozik masala Bir qarashda til birliklarining ma’nosi oddiyga o‘xshaydi. Biroq
har bir sathda o‘z birliklarining ma’no sirlari bor.
Leksikada so‘zlar birlik va ko‘plikda bo‘ladi deymiz: oyoq, uy, stul birlikda; qo‘llar, toshlar ko‘plikda; xalq, millat – jamlovchi ot.
Lekin nega oyoq bitta predmetni anglatsa, Tovuq bir oyoqda turibdi deymiz? Demak, oyoq so‘zida birlik ma’nosi ikki marta
ifodalangan ekan-da! Uy toshdan qurilgan (bitta toshdanmi?)
Morfologiyada Yoki chaqaloqcha so‘zini olaylik. Chaqaloq aslida “kichkina”
ma’nosiga ega. Lekin unga kichraytirish-erkalash qo‘imchasini
qo‘shamiz. Teshik so‘zida ham “kichik” degan ma’no bor. Ammo
juda katta teshik degan birikmani qo‘llaymiz.
117
Sintaksisda Sintaksisda ham bunday qiziq ma’nolarni ko‘rish mumkin.
Masalan, Salim uyga bordi gapida bordi bir martalik harakatni
ifodalagan. Lekin uni ikki marta qo‘llasak-chi: Salim uyga bordi, bordi. Bordi so‘zi ikki marta qo‘llanganda, ikki marta takrorlangan
harakatni emas, ko‘p, tinimsiz harakatni ifodalaydi.