Soddalashgan leksema. Soddalashgan leksemada yasama
so‘zlar lisoniylashuvining yanada yuqoriroq bosqichini ko‘ramiz.
Soddalashish ma’lum bir so‘z yasash qolipining hosilasida o‘zak va
qo‘shimchaning
o‘zaro
birikib
ajralmas
holga
kelishi,
so‘zshakldagi grammatik vositaning qotib qolishi natijasida yangi
ma’no ifodalashidir. O‘zbek tilidagi oldin, keyin, tashqari, ichkari,
yuqori kabi yuzlab so‘z soddalashgan yasama so‘z – leksema. So‘z
birikmalarining sintaktik qolipdan uzilish holati sifatida boshning
og‘rigi – boshog‘riq, belning bog‘i – belbog‘ misollarini
ko‘rsatish mumkin.
E’tibor qilinsa, ixtisoslashish faqat ma’no tomondan bo‘lsa,
soddalashish ham ma’no, ham shaklga tegishli hodisadir.
Tublashgan
leksema.
Tublashgan
leksema
shunday
leksemalashgan yasama so‘zki, ularning yasalishini, tarkibini
etimologik ma’lumotsiz aniqlab bo‘lmaydi. Masalan, sin fe’lining
o‘zagi si, tingla fe’lining o‘zagi ding, to‘q so‘zi o‘zagining to‘
ekanligini til tarixi bo‘yicha chuqur ma’lumotga ega bo‘lmasdan
bilib bo‘lmaydi. Tublashgan leksemalarning tarkibini aniqlash
chuqur etimologik tadqiqotlarni taqozo etadi. O‘zbek tilidagi
aksariyat leksemalar tublashgan leksemalardir. Tadqiqotchilarning
fikrlariga ko‘ra, o‘zbek tilida bor-yo‘g‘i 150 tacha sof tub turkiy
leksema mavjud. Boshqa leksemalar bir paytlar ma’lum bir qoliplar
asosida yasalib, davr o‘tishi bilan tublashib ketgan.
Demak, ma’lum bo‘ladiki, tilda leksema yasash hodisasi
yo‘q. Balki yasama so‘zning, nutqiy hosilaning lisoniylashuvi,
leksemalashuvi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |